Xalqaro hamkorlik bo’limi

Bo'lim boshlig'i

13
  • F.I.SH Nosirov Bahodirjon Zokirovich
  • Telefon raqami +998743731259; +998902690920
  • E-mail nosirovbahodirjon@tdauaf.uz
  • Qabul kunlari seshanba, chorshanba, payshanba, juma, soat 14:00-16:00

Xalqaro hamkorlik bo’limi filialda horijiy mamlakatlarning oliy o’quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari tajribalarini o’quv, ilmiy tadqiqot va tashkiliy ishlariga samarali qo’llanilishini muvofiqlashtiruvchi va boshqaruvchi bo’limdir.  Bo’lim xalqaro aloqalarni kengaytirish borasida horijiy oliy o’quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan o’rnatilayotgan aloqalarni shartnoma, memorandum, bayonnoma, kelishuv asosida rasmiylashtirish va bajarilishini nazorat qiladi; Filialning professor – o’qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari, rahbar hodimlari va talabalari (magistrant, bakalavr)ni chet el xizmat safariga borishlari uchun hujjatlarini tayyorlashga ko’mak beradi.

Hozirgacha  Rossiya, Qozog’iston, Qirgiziston, Tojikiston, Germaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Polsha, Bolgariya, Latviya, Portugaliya, Janubiy Koreya, Ruminiya, AQSH, Serbiya, Kambodja, Ukraina, Belarus davlatlaridan 50 dan ortiq universitetlar, fondlar va xalqaro tashkilotlar bilan amaldagi shartnomalar mavjud.

Yevropa Ittifoqining Tempus DESPES, EPASAT, SAMUz, INOCAST va Erasmus Mundus CANEM-2 loyihalari muvafaqqiyatli yakunlangan. Filialtimiz Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida MAGNET 2016-2018 yillar, byudjeti 78828 yevro; PAWER  2016-2019 yillar, byudjeti 30544 yevro; BUZNET 2017-2020 yillar, byudjeti 110185 yevro; TOPAS 2017-2020 yillar, byudjeti 117249 yevro. Loyihalar bajarilmoqda.

Bo’lim uslubchisi : Mirsalimova Mahliyoxon Mo’minjon qizi

-telefoni va elektron manzili: +998743731259; xab@andqxi.uz

Yevropa Ittifoqining Erasmus+ Credit mobility dasturida Germaniyaning Vaynshtefn-Trizdorf universiteti va Bolgariyaning D.A.TSenov nomli Iqtisodiyot Akademiyasi bilan ishlamoqda.

Yevropa Ittifoqining “O’zbekistonning qishloq xududlarini barqaror rivojlantirish” loyihasida Germaniyaning GIZ  fondi hamkorligida chorvachilik bo’yicha 3 mlrd so’m qiymatdagi loyiha asosida o’quv fermasi qurilishi boshlandi va 2020 yilda yakunlanadi. Bunda 60 bosh zotdor qoramolni boqish, yem-xashak yetishtirish va tayyorlash, veterinariya laboratoriyasini jihozlash, talabalar uchun amaliy mashg’ulot va laboratoriyalarni ko’rgazmali holda tashkil etish mo’ljallangan.  

USAID fondi bilan hamkorlikda meva-sabzavotchilik sohasida amaliy mashg’ulot xonasi jixozlandi. o’quv-tajriba xo’jaligi hududida 6,5 gektar maydonda intensiv bog’ barpo etilib, unga tomchilatib sug’orish tizimi texnologiyasi joriy etildi. 2020 yilda 40 tonna hajmdagi muzlatkich quriladi. 

PRAXX, AZ-Germany,  GeTec Solutions, LOGO kompaniyalari bilan Germaniya fermer xo’jaliklarida  2018-2019 yillarda 50 nafardan ziyod  talabalarga 6 oylik amaliyot tashkil etildi.