Korruptsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish boʼlimi

KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASHISH VA “KOMPLAENS NAZORAT” TIZIMINI BOSHQARISH BOʼLIMI BOSHLIG‘I

Х.Тошматов
  • F.I.O. Toshmatov Xayotbek Zaylobidinovich
  • Telefon qarami +(998) 93 212-16-22
  • E-mail hayotbektoshmatov8@gmail.com
  • Qabul qunlari Har ish kuni 10:00-15:00

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni “Korruptsiyaga qarshi kurashish” to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida Korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5927-sonli Farmoniga asosan tashkil etilgan. Bo‘limda ishlab chiqarilgan Nizom asosida 2 ta shtat birligi bor: bo‘lim boshlig‘i va bosh mutaxassis. Nizomda, bo‘lim boshlig‘i va bosh mutaxassisning bevosita vazifalari mavjud.

Bo‘lim boshlig‘ining lavozim vazifalari

I.Umumiy qoidalar

  1. Mazkur lavozim yo‘riqnoma (bundan buyon matnda Yo‘riqnoma deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish to‘zimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora­tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-5006-son, 2021-yil 6-iyuldagi «Korrupsiyara qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora­tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-5177-son va Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tgan «Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati to‘g‘risida»gi namunaviy nizom (ro‘yxat raqami 3319, 2021-yil 8-sentyabr)ga asosan Qishloq xo‘jaligi vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb yuritiladi) Ichki  audit va komplaens nazorat boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda Boshqarma deb yuritiladi) Komplaens nazorat bo‘limi (keyingi o‘rinlarda Bo‘lim deb yuritiladi) boshlig‘ining (keyingi o‘rinlarda Boshliq deb yuritiladi) vazifalari, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.
  2. Boshliq institutning mansabdor shaxsi hisoblana Boshliq lavozimiga oliy ma’lumotli, iqtisod, huquqshunoslik yoki moliya Boshliqlari bo‘yicha kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xodim tayinlanadi.
  3. Boshliq Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan kelishgan holda institut rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
  4. Boshliq bevosita institut rektoriga bo‘ysunadi va o‘z faoliyati uchun javob beradi.
  5. Boshliq bulmaganda, uning vazifasini bo‘lim bosh mutaxassisi amalga oshiradi.
  6. Boshliq o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga, Vazirlikning ichki idoraviy hujjatlari, bo‘lim nizomi hamda ushbu lavozim yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshiradi.
  7. Boshliq, belgilangan tartibda malakasini oshiradi.
  8. Boshliqning bo‘limda komplaens-nazoratni amalga oshirish faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti eshitiladi.

II. Boshliqning vazifalari

Quyidagilar Boshliqning vazifalari hisoblanadi:

Boshliq institutning asosiy maqsadi Vazirlikda, shuningdek, uning hududiy va tarkibiy bo‘linmalarida (bundan buyon matnda tashkilot tizimi deb yuritiladi) korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ISO37001:2016 xalqaro standarti talablariga javob beruvchi kompleks tizimni, xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish va rivojlantirish, korrupsiyaviy holatlarni barvaqt aniqlash va ularning sabab va shart­ sharoitlarini bartaraf etish, korrupsiyaviy     xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, tizim xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, institut tizimida korrupsiyaga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hujjatlar ijrosini ta’minlashdan iborat.

Institutning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan ichki idoraviy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;

Institut faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ichki idoraviy hujjatlarda  aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

Institutda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash, ularning natijalari bo‘yicha aniqlangan xavf-xatarlarni kamaytirish yuzasidan chora­tadbirlar rejalarini ishlab chiqish va institutda korrupsiyaviy xavf­xatari yuqori bo‘lgan lavozimlar ro‘yxatini yaratish;

Institut tizimi xodimlari tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlar va huquqbuzarliklar haqida kelib tushadigan murojaatlarni tahlil qilish va ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta’minlash;

Bo‘limda yuritiladigan xizmat tekshiruvlari reestri bo‘yicha ma’lumotlarning to‘g‘ri va to‘liq aks ettirib borilish nazorat qilish;

har chorakda institutda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda ulardagi korrupsiyaviy holat haqida institut rektoriga ma’lumot kiritib boradi;

korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari bilan hamkorlikni olib boradi;

korrupsiyaviy xatti-harakatlarni bartaraf qilish yoki korrupsiyaviy jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qiladi;

Institut tarkibiy tuzilmalari bilan birgalikda  bo‘lim xodimlari faoliyatida qonuniylikning buzilishi ko‘rsatilgan arizalar, takliflar va shikoyatlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi;

Boshliq qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi;

Boshliqga ushbu lavozim yo‘riqnoma va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan funksiyalarning yuklatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

III. Boshliqning huquqlari.

Boshliq quyidagi huquqlarga ega:

Bo‘limga kelib tushayotgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishish va o‘z xizmat vazifasini bajarishda foydalanish;

Institut mansabdor shaxslaridan o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni olish;

Institut xodimlari faoliyatida aniqlangan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar yuzasidan xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish;

korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha institut rektoriga takliflar kiritish;

tekshiruvlar o‘tkazish, hujjatlarni talab qilish, xodimlardan yozma tushuntirishlar olish;

Institut rektori tomonidan chaqiriladigan yig‘ilishlar, kengashlar va majlislarda ishtirok etish;

O‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda institut rektori topshirig‘iga ko‘ra yoki terishli tarkibiy tuzilma rahbarining roziligi bilan ularning xodimlarini jalb qilish;

qonunchilikka zid bo‘lgan, korrupsiyaga sharoit yaratuvchi normalari mavjud bo‘lgan ichki idoraviy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini ijrochilariga puxta ishlash uchun o‘z e’tirozlarini asoslangan holda qaytarish, rahbariyat topshirig‘iga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda ushbu loyihalarni puxta ishlanishida ishtirok etish;

o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qonun hujjatlariga rioya qilinishi masalalarini o‘rganish;

qonun hujjatlari bajarilishini ta’minlamayotran yoxud ularni buzayotgan rahbarlari va xodimlarini javobgarlikka tortish haqida institut rektoriga takliflar kiritish.

Boshliq qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

IV. Boshliqning majburiyatlari:

Boshliqning majburiyatlari:

ushbu Yo‘riqnoma va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan yuklatilgan funksiyalarni zarur darajada va samarali bajarish;

qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilish va o‘z vakolat doirasidan chetga chiqmaslik;

Institut va tarkibiy tuzilmalarda jinoyat alomatlari, xususan korrupsiya holatlari aniqlanganliri to‘g‘risida zudlik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri institut rektoriga va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish;

Institutning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, odob-axloq qoidalarining korrupsiyaga oid qismining buzilganligi fakti yuzasidan institut rektoriga ma’lumotnomalar kiritish;

Boshliq o‘ziga tegishli hisobatlarni o‘z vaqtida, belgilangan tartibda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar va chora-tadbirlar to‘g‘risidagi choraklik hisobotni institut rektoriga hamda hisobot oluvchilarga taqdim etish;

Belgilangan tartibda va muddatlarda malaka oshirishi hamda attestatsiyadan o‘tishi shart.

Boshliq qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Boshliq o‘ziga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va samarali bajarilishini ta’minlaydi hamda o‘z xizmat vazifalari natijalari bo‘yicha javobgar tortiladi.

V. Boshliqning javobgarligi.

Boshliq o‘z majburiyatlari va vazifalari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun belgilangan tartibda javobgarlikka

 

Bo‘lim bosh mutaxassisining lavozim vazifalari

I.Umumiy qoidalar

  1. Mazkur lavozim yo‘riqnoma (bundan buyon matnda Yo‘riqnoma deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora­tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-5006-son, 2021-yil 6-iyuldagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora­tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-5177-son va Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tgan «Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati to‘g‘risida»gi namunaviy nizom (ro‘yxat raqami 3319, 2021-yil 8-sentyabr)ga asosan Qishloq xo‘jaligi vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb yuritiladi)  Ichki audit va komplaens nazorat boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda Boshqarma deb yuritiladi) Komplaens nazorat bo‘limi (keyingi o‘rinlarda Bo‘lim deb yuritiladi) bosh mutaxassisining (keyingi o‘rinlarda Mutaxassis deb yuritiladi) vazifalari, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.
  2. Mutaxassis Bo‘limning mansabdor shaxsi hisoblanadi. Mutaxassis lavozimiga oliy ma’lumotga ega bo‘lgan xodim tayinlanadi.
  3. Mutaxassis Bo‘lim boshlig‘i bilan kelishgan holda institut rektori buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
  4. Mutaxassis bevosita Bo‘lim boshlig‘iga bo‘ysunadi va o‘z faoliyati uchun javob beradi.
  5. Mutaxassis bo‘lmaganda, uning vazifasini institut rektorining ko‘rsatmasiga muvofiq tayinlangan boshqa xodim amalga oshiradi.
  6. Mutaxassis o‘z faoliyatini  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga,  Vazirlikning  ichki  idoraviy  hujjatlari,  Bo‘lim nizomiga hamda ushbu Lavozim yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshiradi.
  7. Mutaxassis belgilangan tartibda malakasini oshiradi.

II. Mutaxassisning vazifalari

Quyidagilar Mutaxassisning vazifalari hisoblanadi:

Institutning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan ichki idoraviy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;

Institutning faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ichki idoraviy hujjatlarda  aniqlangan  korrupsiyaviy normalarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

Institutda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash, ularning natijalari bo‘yicha aniqlangan xavf-xatarlarni kamaytirish yuzasidan chora­ tadbirlar rejalarini ishlab chiqish va institutda korrupsiyaviy xavf­xatari yuqori bo‘lgan lavozimlar ro‘yxatini yaratish;

Institut tizimi xodimlari tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlar va huquqbuzarliklar haqida kelib tushadigan murojaatlarni tahlil qilish va ularni belgilangan tartibda kurib chiqilishini ta’minlash;

Institutda yuritiladigan xizmat tekshiruvlari reestri bo‘yicha ma’lumotlarning to‘g‘ri va to‘liq aks ettirib borilish;

Institut tarkibiy tuzilmalari bilan birgalikda institut tizimi xodimlari faoliyatida qonuniylikning buzilishi ko‘rsatilgan arizalar, takliflar va shikoyatlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi;

Mutaxassis qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi;

Mutaxassisga ushbu lavozim yo‘riqnoma va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan funksiyalarning yuklatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

III. Mutaxassisning huquqlari.

Mutaxassis quyidagi huquqlarga ega:

Bo‘limga kelib tushayotgan normativ -huquqiy hujjatlar bilan tanishish va o‘z xizmat vazifasini bojarishda foydalanish;

Institut mansabdor shaxslaridan o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni olish;

Institut xodimlari faoliyatida aniqlangan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar yuzasidan xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish;

Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha Audit va Bo‘lim boshlig‘iga takliflar kiritish;

o‘z faoliyati doirasida yozma ko‘rsatmalar, topshiriq xatlari va tavsiyalar berish;

tekshiruvlar o‘tkazish, hujjatlarni talab qilish, xodimlardan yozma tushuntirishlar olish;

Institut rahbariyati tomonidan chaqiriladigan yig‘ilishlar, kengashlar va majlislarda ishtirok etish;

O‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda bo‘lim boshlig‘i topshirig‘iga ko‘ra yoki tegishli tarkibiy tuzilma rahbarining roziligi  bilan ularning xodimlarini jalb qilish;

qonunchilikka zid bo‘lgan, korrupsiyaga sharoit yaratuvchi normalari mavjud bo‘lgan ichki idoraviy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini ijrochilariga puxta ishlash uchun o‘z e’tirozlarini asoslangan holda qaytarish, rahbariyat topshirig‘iga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda ushbu loyihalarni puxta ishlanishida ishtirok etish;

o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qonun hujjatlariga rioya qilinishi masalalarini o‘rganish;

qonun hujjatlari bajarilishini ta’minlamayotgan yoxud ularni buzayotgan rahbarlari va xodimlarini javobgarlikka tortish haqida rahbariyatiga takliflar kiritish.

Mutaxassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

IV. Mutaxassisning majburiyatlari:

Mutaxassisning majburiyatlari:

ushbu Yo‘riqnoma va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan yuklatilgan funksiyalarni zarur darajada va samarali bajarish;

Qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilish va o‘z vakolat doirasidan chetga chiqmaslik;

Institut va tarkibiy tuzilmalarda jinoyat alomatlari, xususan korrupsiya holatlari aniqlanganligi to‘g‘risida zudlik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lim boshlig‘iga, institut rektoriga va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish;

Bo‘limning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, odob-axloq qoidalarining korrupsiyaga oid qismining buzilganligi fakti yuzasidan bo‘lim boshlig‘iga ma’lumotnomalar kiritish;

har chorakda, keyingi chorak birinchi oyining beshinchi sanasiga korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar va chora­tadbirlar to‘g‘risidagi choraklik hisobotni bo‘limga takdim etish;

Mutaxassis o‘ziga tegishli hisobatlarni o‘z vaqtida, belgilangan tartibda hisobot oluvchilarga taqdim qilish;

Belgilangan tartibda va muddatlarda malaka oshirishi hamda attestatsiyadan o‘tishi shart.

Mutaxassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Mutaxassis o‘ziga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va samarali bajarilishini ta’minlaydi hamda o‘z xizmat vazifalari natijalari bo‘yicha javobgar hisoblanadi.

V.Mutaxassisning javobgarligi.

Mutaxassis o‘z majburiyatlari va vazifalari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Toshmatov Xayotbek Zaylobidinovich
Lavozimi: Boʼlim boshligʼi
Telefon raqami: +(998) 93 212-16-22
E-mail: hayotbektoshmatov8@gmail.com

Daminov Xasan Eshmamatovich
Lavozimi: Bosh mutaxassis
Telefon raqami: +(998) 91 485-97-04
E-mail: daminovxasanboy68@gmail.com