Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish boʼlimi

IQTIDORLI TALABALARNI ILMIY-TADQIQOT ISHLARINI TASHKIL ETISH BO‘LIMI BOSHLIG‘I

R.Qodirov
  • F.I.SH Qodirov Roʼzimuxammad Nuridinovich
  • Telefon raqami +99890 259-75-20
  • E-mail raxmatillo0975@mail.ru
  • Qabul kunlari Har ish kuni 14:00-16:00

Bo‘lim to‘g‘risida qisqacha ma’lumot:

– tashkil topgan yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyuldagi PQ-4795 sonli qarori hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 5 avgustdagi 117-sonli buyrug‘iga asosan Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialiga Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tuzilmasida yangidan Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi tashkil etilgan.

– to‘garaklar institutning 16 ta mutahassislik kafedralarida jami 24 ta ilmiy to‘garaklar faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan, Agrobiologiya fakultetida 4 ta (Yosh agronomlar, Yosh dehqon, O‘rmonchilar, Urug‘shunoslar), Agrobiznes va raqamli iqtisodiyot fakultetida 8 ta (Auditor, Moliyaviy hisob, Yosh  marketolog, Biznes hamkor, Yosh  iqtisodchi, Xavaskor gidlar, Ibn Sino, Yosh fiziologlar), O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakultetida 3 ta (Yosh entomolog, Yosh fitapatolog, Ona zamin), Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakultetida 3 ta (Yosh  bog‘bonlar, Sohibkor, Yosh texnolog va ipakchilik), Agroinjeneriya va gidromelioratsiya fakultetida  6 ta (Gidroquruvchi, Meliorator, Yosh geodizt, Yosh ixtirochilar, Mexanik, Yosh muhandislar) ilmiy to‘garaklarda ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

– Iqtidorli talabalar bugungi kunda institutning 5 ta fakultetlarida jami 1040 nafar iqtidorli talabalar tahsil oladi. Jumladan, Agrobiologiya fakultetida 350 nafar, O‘simliklar ximoyasi,  agrokimyo va tuproqshunoslik fakultetida 180 nafar, Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakultetida 200 nafar, Agrobiznes va raqamli iqtisodiyot fakultetida 150 nafar, Agroinjeneriya va gidromelioratsiya fakultetida 160 nafar iqtidorli talabalar bilim olmoqdalar.

Qodirov Ro‘zimuxammad Nuridinovich – Bo‘lim boshlig‘i

Muzaffarov Farruxbek  Odiljon o‘g‘li – Ilmiy-tadqiqot ishlari muhandisi

Joriy yilning fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Islom Karimov, Navoiy va Beruniy nomli Davlat stipendiyalari tanlovining II -bosqichi (Respublika bosqichi) da 5 nafar iqtidorli talabalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Islom Karimov, Navoiy va Beruniy nomli Davlat stipendiyalari tanlovi sohibi va sohibasi bo‘ldilar.

2023  yil uchun  “Rektor stipendiyasi” tanlovini o‘tkazish va g‘oliblarga stipendiyani tayinlash  maqsadida institutda talabalarni axborot kommunikatsion texnologiyalarni bilishi, xorijiy tillarni o‘zlashtirishlari, ilmiy-tadqiqot ishlariga qiziqishini aniqlash hamda tanlovni  adolatli, xolislik va haqqoniylik hamda shaffoflikda o‘tkazildi. Tanlovda  institutning 12 nafar iqtidorli talabalari “Rektor stipendiyasi” g‘oliblari bo‘ldilar.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023 yil 20 apreldagi №01/24-09-13-896 sonli xatiga asosan 2023 yilning 10-11 may kunlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash instituti‘ milliy tadqiqot universitetida ‘Barqaror rivojlanish maqsadlari» doirasida mintaqaviy olimpiadaning milliy bosqichida  institutimizdan 3 ta yo‘nalishlar bo‘yicha 3 nafar talabalar  ishtirok etdilar.

Ushbu mintaqaviy olimpiadaning milliy bosqichida institutning Agrobiznes va raqamli iqtisodiyot fakulteti Agrobiznes va investitsion faoliyat ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Tojiddinov Sardorbek Abduvaxob o‘g‘li, Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Azimov Arabboy Muftoxiddin o‘g‘li mintaqaviy olimpiadaning milliy bosqichida “Sanoatlashtirish, innovatsiya va infratuzilma, barqaror shahar va hamjamiyat” yo’anlishi bo‘yicha 1-2-o‘rinni egallab sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.