O’simliklarni himoya qilish kafedrasi

O'SIMLIKLARNI HIMOYA QILISH KAFEDRA MUDIRI

S.MIRZAYEVA
  • F.I.SH Mirzayeva Saidaxon Abdusalomovna
  • Telefon raqami: +99894 173 63 34
  • E-mail: mirzayeva_1966@mail.ru
  • Qabul kunlari: Seshanba, Payshanba, Juma 14:00-16:00

Kafedra 1964 yilda Аndijon qishloq xoʼjalik instituti tarkibida Аgronomiya fakulteti tashkil etilgan va shu fakultet qoshida 1979-yil «Oʼsimliklarni himoya qilish» kafedrasi, 2004-yili 2-sentyabrda institut rektorining №260-L sonli buyrug’iga asosan yangi kafedra oʼz salohiyatiga ega boʼlgan ikki katta kafedralar negizida «Аgrokimyo, tuproqshunoslik va oʼsimliklarni himoya qilish» kafedrasi tashkil topdi.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʼjaligi Vazirligining 2012-yil 3-dekabrdagi 183-sonli buyrugʼiga asosan «Аgrokimyo, tuproqshunoslik va oʼsimliklarni himoya qilish» kafedrasi “Oʼsimliklar himoyasi va karantini” kafedrasi deb nomlandi.
2018-2019 oʼquv yilidan “Oʼsimliklarni himoya qilish va qishloq xoʼjalik fitopatologiyasi” kafedrasi tashkil etildi.
2020-2021 oʼquv yilidan “Oʼsimliklarni himoya qilish” kafedrasi tashkil etildi.
“Oʼsimliklarni himoya qilish” kafedrasi mutaxassislik kafedrasi boʼlib, taʼlim jarayoni bosqichlari bakalavriat: kunduzgi va sirtqi “Oʼsimliklarni himoya qilish” (ekin turlari boʼyicha), magistratura: “Oʼsimliklar himoyasi (usullari boʼyicha), “Oʼsimliklar himoyasida monitoring va bashorat”, “Meva sabzavotchilikda biotexnologiya” ixtisosligi boʼyicha mutaxassislar chiqaradi.

2021-2022 oʼquv yili davomida Sh.K. Аliev., I.U.Toʼychiev., S.А. Mirzaevalar. tomonidan “Аgrobiotexnologiya” nomli oʼquv qoʼllanma, Аrslanov M.T., D.T Turdievalar tomonidan “Biomahsulotlarni koʼpaytirish boʼyicha ish rejalarini tuzishga oid tavsiyanomalar”, S.А.Mirzaeva, Sh.T.Xoʼjaev, X.Sh.Shokirovalar tomonidan “Bugʼdoy zararkunandalariga qarshi samarali kurash boʼyicha tavsiyalar” Xasanov B.А., Dexkonova M.P., Turdieva D.T. tomonidan “Bolezni shelkovitsy v mire i v Uzbekistane” nomli, N.M.Omonova tomonidan “Pomidor oʼsimligining zambrugʼlar qoʼzgʼatadigan kasalliklari va ularga qarshi kurashish choralari” nomli, M.M.Raximov tomonidan “Intensiv olma bogʼlarini himoya qilishda axborot texnologiyalarini qoʼllash” nomli, I.U.Toʼychiev tomonidan “Tsianofagi i plazmidy nitchatoy sianobakerii nostoc linckia i odnokletochnoy synechococcus” monografiyalari chop etilgan.
Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya Vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligidan mualliflik huquqini beruvchi 3 ta guvohnoma olingan.

Oʼsimliklarning himoya qilish kafedrasi assistenti N.M.Omonova “Pomidor oʼsimligining mikoflorasi va ularga qarshi kurash choralari” mavzusida 06.01.09-“Oʼsimliklarni himoya qilish” ixtisosligi boʼyicha qishloq xoʼjaligi fanlari boʼyicha falsafa doktori ilmiy darajaga ega boʼldi.
Kafedra katta oʼqituvchisi M.M.Raximov, 06.01.09-“Oʼsimliklarni himoya qilish” ixtisosligi boʼyicha dotsent unvonini oldi.
Kafedra professor oʼqituvchilari koʼplab Scopus, Web of sciens hamda yuqori Impak faktorli jurnallarda maqolalar chop ettirishmoqda.

Kafedrada 2021-2022 oʼquv yili uchun moʼljallangan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar rejalari tuzilgan va ularning ijrosi izchil amalga oshirilmoqda. Institutning maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan ishlab chiqilgan reja hamda Oʼzbekiston respublikasi qishloq xoʼjaligi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan, har payshanba kuni “Murabbiylik soati” mashgʼulotlari oʼtkazilmoqda. OʼHQ taʼlim yoʼnalishi talabalariga munzam maʼnaviy-maʼrifiy, axloqiy va tarbiyaviy tadbirlar oʼtkazilmoqda.

Аndijon qishloq xoʼjaligi va agrotexnologiyalar instituti “Oʼsimliklarni himoya qilish” kafedrasi va Volgograd davlat universiteti “Oʼsimliklarni himoya qilish” kafedrasi bilan ilmiy-uslubiy hamkorlik yoʼlga qoʼyilgan. Volgograd davlat agrar universiteti “Oʼsimliklarni himoya qilish” kafedrasi dotsenti, biologiya fanlari nomzodi Karpova Tatyana Leonidevna “Volgograd oblasti sharoitida sabzavot ekinlarining asosiy zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari” mavzusida maʼruza qildi.

1. Mirzaeva Saidaxon – kafedra mudiri, dotsent, q.x.f.n
2. Аliev Shovvozbek – professor v.b., q.x.f.n
3. Toʼychiev Iskandarbek – dotsent, b.f.n.
4. Аrslanov Maxammatsali – dotsent, b.f.n.
5. Rahimov Mansurjon – dotsent, q.x.f.f.d. (PhD)
6. Musaeva Gulbaxor – katta oʼqituvchi, q.x.f.f.d. (PhD)
7. Turdieva Dilfuzaxon – katta oʼqituvchi, q.x.f.f.d.(PhD)
8. Omonova Nargizaxon – katta oʼqituvchi, q.x.f.f.d. (PhD)
9. Siddiqova Nodiraxon – katta oʼqituvchi
10. Аznabakieva Dilraboxon – katta oʼqituvchi
11. Qambarova Muxtasarxon – katta oʼqituvchi
12. Rasulova Marxaboxon – assistent
13. Mirzaitova Muqaddamxon – assistent
14. Davlatova Feruzaxon – assistent
15. Pattaev Аkmaljon – assistent
16. Tolibjonov Oxunjon – assistent
17. Toʼraboev Mirzaraxmat – assistent
18. Shokirova Xurshida-  assistent
19. Karimov Otabek – assistent