Meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi

MEVA-SABZAVOTCHILIK VA UZUMCHILIK KAFEDRA MUDIRI

Z.Bo'stonov
  • F.I.O. Bo‘stonov Zokirjon Tojiboyevich
  • Tel nomer: +998 (99) 117-90-43
  • E-mail: zbustonov@mail.ru
  • Qabul kunlari: Payshanba 08:00-16:00

2020-yil 16-oktyabrdan boshlab Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti kafedralari tarkibida yangi “Intensiv sabzavotchilik, bog’dorchilik, uzumchilik va issiqxona xo‘jaliklari” kafedrasi tashkil etildi. 2020-yilda bu kafedraga q.x.f.f.d. Djo‘raev Muqumjon Yaqubjonovich mudir etib tayinlandi. Bu vaqt oralig‘ida kafedraning ilmiy ma’naviy –ma’rifiy xamda o‘quv faoliyatlarida ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. 2021-yil yanvar oyidan boshlab kafedraga q.x.f.f.d. Qosimov Axmadjon Abduqodirovich mudirlik vazifasida faoliyat yuritib keldi. 2021-yil mart oyidan boshlab kafedra asoschilaridan bo‘lgan tajribali ustoz qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi dotsent Bo‘stonov Zokirjon Tojiboyevich boshqa tashkilot rahbari bo‘lganligi sababli mudirlik vazifasiga vaqtinchalik tayinlandi. 2021-yil 28-iyuldan q.x.f.f.d Teshabaev Sherzodbek Alijonovich mudirlik vazifasida faoliyat yuritib keldi. Hozirgi vaqtda 2021-yil 15-noyabrdan qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi dotsent Bo‘stonov Zokirjon Tojiboyevich mudirlik vazifasiga tayinlanib, faoliyat yuritib kelmoqda.

O‘quv ishlar yutuqlari:. 2022 yil yanvar oyida onlayn tarzda o‘tkazilgan Respulika Olimpiadasida dotsent Z.T.Bo‘stonov, (PhD) v.b.. dotsent X.T.Yuldasheva, katta o‘qituvchi O.B.Yunusovlar ilmiy rahbarligi ostida “Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish” ta’lim yo‘nalishi 3 bosqich 97 guruh talabasi Sobirov Bekmurod “Sabzavotchilik” hamda “Mevachilik va uzumchilik” ta’lim yo‘nalishi 4 bosqich 41 guruh talabasi Latifxonov Inomjon “Mevachilik va uzumchilik” fanidan Respublika fan Olimpiadasida birinchi o‘rinni, “Sabzavotchilik polizchilik va kartoshkachilik ” ta’lim yo‘nalishi 3 bosqich 90 guruh talabasi Mamasoliyeva Mashxura Ma’rufjon qizi “Sabzavotchilik” fanidan faxrli ikkinchi o‘rinni egallab O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligini 1-darajali va 2-darajali diplomlari bilan taqdirlandilar. Bu natijalar kafedra professor-o‘qituvchilarini talabalar uchun berilayotgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy ijobiy natijasi isbotidur. Dotsent Z.T.Bo‘stonov tomonidan bitta darslik 3 ta o‘quv qo‘llanma, (PhD) dosent X.T.Yudasheva 1 ta darslik va dotsent A.VAxobov, katta o‘qituvchi K.Q.Xamdamovlar tomonidan 1 ta darslik hamda har biri 1 tadan, 3 ta monografiya, A.Vaxobov tomonidan 1 ta o‘quv qo‘llanma, dotsent Z.T.Bo‘stonov, (PhD) dosent X.T.Yuldasheva, katta o‘qituvchilar A.U.Ahmadaliyev va K.Q.Xamdamovlar tomonidan 8 ta tavsiyanomalar chop etildi. Kafedrada o‘quv-uslubiy ishlar belgilangan talablarga ko‘ra tashkil etildi. 2022-2023 o‘quv yilida kafedra uchun tasdiqlangan o‘quv yuklama asosida turli ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalariga muvofiq, kunduzgi ta’limda jami 31 ta fanlar bo‘yicha sirtqi ta’lim bo‘yicha jami 20 ta fanlardan,  magistraturada 8 ta fanlardan namunaviy o‘quv dasturlari asosida ishchi o‘quv dasturlari yoki sillabuslar ishlab chiqildi. Kafedrada o‘tiladigan har bir fan bo‘yicha taqvim rejalari ishlab chiqildi. Har bir fan bo‘yicha tayyorlangan yuqoridagi me’yoriy hujjatlar asosida har bir fan bo‘yicha ma’ruza matnlari va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish yuzasidan uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlandi va tegishli nusxalarda ko‘paytirilib o‘quv jarayonlarida samarali foydalanildi. Shuningdek, kafedrada o‘tiladigan har bir fan bo‘yicha o‘quv uslubiy majmualar tayyorlanib, axborot resurs markaziga joylashtirildi. Kafedrada barcha ta’lim yo‘nalishlariga o‘tiladigan fanlardan jami 31 ta fanlardan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlandi. 2023 yilning aprel oyida kafedra katta o‘qituvchisi O.Yunusov TDAUning tarmoq markazida o‘z malakasini oshirdi. Aprel-may oyida kafedra katta o’qituvchilari A.Vaxobov va K.Xamdamov hamda assistent X.Kimsanovalar TDAUning tarmoq markazida masofaviy tarzda o‘z malakasini oshirdi. Iyun oyida kafedra dotsenti Z.T.Bo‘stonov Bosh ilmiy metodik markazida o‘z malakasini oshirdi. O‘quv yili davomida kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan jami 6 ta ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ochiq darslar tashkil etildi. O‘tkazilgan ochiq ma’ruza darslari kafedra yig‘ilishlarida muhokama qilib borildi. Ochiq darslar kafedra muhokamasidan o‘tgandan so‘ng tegishli hujjatlari rasmiylashtirilib kafedra yig‘ma jildiga joylashtirib borildi. 2022-2023 o‘quv yilida o‘quv mashg‘ulotlarini onlayn tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha HEMIS tizimi joriy etildi. Ushbu HEMIS tizimiga, kafedraga biriktirilgan fanlar bo‘yicha, guruhlar kesimida ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, mustaqil ish materiallari va nazorat savollarining elektron shakllari joylashtirildi. Professor-o‘qituvchilarni saytdan foydalanishi hamda talabalarni ushbu saytga kirib onlayn shaklda darslarni o‘zlashtirib borishi institut rahbariyati, o‘quv bo‘limi, dekanatlar va kafedra mudirlari tomonidan doim nazorat qilib borildi..

Ilmiy ishlar yutuqlari: «Meva sabzavotchilik va uzumchilik» assistenti Turdiyeva Feruza Tirkashboyevna  06.01.06 – Sabzavotchilik ixtisosligi bo‘yicha “Andijon viloyati sharoitida barg-salat (Lactuca sativa var.crispa) navlarini tanlash va yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi dissertatsiya ishini 2023-yil 15-mart kuni ixtisoslashgan kengashda himoya qilindi. O‘zbekiston Oliy Attestatsiya komissiyasining 2023-yil 10-iyundagi 11-sonli bayonnomasiga bo‘yicha 01 №010070 raqam asosida Qishloq xo’jalik  falsafa fanlar doktori PhD diplomini oldi. AQXAI rektorining “Doktorantura va tayanch doktorantura 2023 yil qabulini tashkil etish to‘g’risida” 11.11.2022. dagi 453-L-sonli buyrug’iga ko‘ra 06.01.06-Sabzavotchilik; faoliyati ixtisosliklariga qabul tashkil etildi.  Tayanch doktoranturaga 06.01.06-“ Sabzavotchilik” ixtisoslikligi bo‘yicha 1-bosqichga Mamadjonov Oybek, Kamolova Nargiza, Ibragimova Nasiba  qabul qilindi va 2023-yil yanvardan tadqiqotlarni boshladilar. Kafedra a’zolari o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot va xalqaro munosabatlar jarayonida erishilgan natijalar asosida SCOPUS tizimidagi va yuqori reytingli xalqaro jurnallarda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiyasi komissiyasi (OAK) tavsiya etgan jurnallarda, RINS tizimidagi jurnallarda, xalqaro va Respublika miqyosida o‘tkazilgan ilmiy va amaliy anjumanlarda o‘zlarini ilmiy maqolalarini e’lon qildilar.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, 1-talabalar turar joyi, “Kafedra kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlar doirasida 2023 yil 18 aprel kuni talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalarda “Ma’naviy va huquqiy ko‘nikmalarni shakllantirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.  Shuningdek, talabalar turar joyining umumiy oshxonasida pazandalik san’ati bo‘yicha salat tayyorlash musobaqasi tashkil etildi. Tadbirda “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik” kafedrasining ayollari jumladan, dotsent X.T.Yuldasheva, katta o’qituvchi, F.Turdiyeva,  assistent, X.Kimsanova, o‘qituvchi stajorlar D.Najmudinova, M.Nabiyeva, hamda “Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash” fakultetining talabalar turar joyida yashovchi 16 nafar talaba qizlari ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan  “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus”  bo‘yicha kafedra o‘qituvchilari va talabalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, har oyning 1-chorshanbasida turli davra suhbatlari, viktorinalar va turli munozarali tadbirlar tashkil etildi. Talabalar turar joyida talabalar  bilan   uchrashuvlar, ular bilan turli xil mavzuda suhbatlar, kerakli maslahatlar berib tushuntirish ishlarini olib borildi. Jumladan, Mevachilik va uzumchilik, Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik, Manzarali bog’drchilik, Issiqxona xo’jaligi tashkil etish va yuritish ta’lim yo‘nalishlarining  1-bosqich 41, 1-90,1-97,1-43-guruh talabalari bilan  2023 yil 20 aprelda «Ustoz-shogird» tizimi asosida “Tinchlik bebaho ne’mat!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Andijon viloyatining Xonobod shahrida tashkil etilgan Navro‘z bayrami tadbirlarida 2023 yi 25 mart kuni kafedra jamoasi faol qatnashdi.

Xorijiy hamkorlik: “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik” kafedrasida ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy qilish maqsadida xorijiy professorlar ishtirokida bir qancha mahorat darslari va vebinarlar tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  PQ-3775-sonli qarorining 9-bandi va Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti va Turkiyaning Selchuk universiteti o‘rtasida tuzilgan shartnoma ijrosini ta’minlash hamda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘quv jarayoniga xorijiy tajribalarni keng jalb etish, ilg‘or horijiy oliy ta’lim muassalaridan tajribali mutaxassislarni mahorat darslariga jalb etish maqsadida Janubiy Koreyaning “KWANJU” Unversiteti professori Chaa Buyong tomonidan “Issiqxona xo‘jaliklarini yangi zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish” bo‘yicha 2022 yilning yanvar oyidan boshlab haftani 3 kunida kafedrani 15 nafar iqtidorli talabalariga ingliz tilida onlayn dars mashg‘ulotlari olib borildi, bu jarayon 2022 yil 1 noyabrgacha tashkil etildi, bunga dosent Z.Bo‘stonov ilmiy rahbarlik qildi, barcha iqtidorli talabalar xalqaro sertifikatlar bilan taqdirlandilar. Shu bilan birgalikda kafedra 2022 yil 22-26 aprel kunlari Turkiya davlatining “Selchuk” universiteti bilan hamkorlikda “Meva–sabzavot, uzum yetishtirish texnologiyalari va marketing forumi” mavzusidagi xalqaro forumi o‘tkazildi, bunda dosent Z.Bo‘stonov sektor yig‘ilishiga raislik qildi. Kafedraning katta o‘qituvchisi (PhD) X.T.Yuldasheva 2022 yilning 26-28 oktyabrya provela lektsiyu po programme akademicheskoy mobilnosti na baze Yujno-Kazaxstanskogo universiteta im.M.Auezova na kafedra «rasteniyevodstvo i jivotnovodstva» po modulyu «Plodovodstva introduktsionnыe rasteniya i ix svoytsva» v ob’eme 14 chasov, tajriba almashuvida ishtirok etib keldi.

To‘garaklar: Kafedrada 2022-2023 o‘quv yilida «Yosh issiqhonachilar»,«Yosh bogbonlar»  va «Sohibkor»  ilmiy to‘garaglari faoliyat olib bordi. Unga kafedra dotsenti Bostonov Zokirjon Tojiboyevich , dotsent Yuldasheva Xavasxon Tojidinovna va katta o’qituvchi Yunusov Oybek Baxodirjonovich rahbarlik qildi. O‘quv yili uchun to‘garakning aniq belgilangan ish rejasi shakllantirilib shu reja asosida ish tashkil etildi.

T/R
Ismi familiyasi
Lavozimi
1
Bo'stonov Zokirjon
q.x.f.m., dotsent kafedra mudiri
2
Vaxobov Alisher
b.f.m, katta o'qituvchi
3
Yuldasheva Xavasxon
(PhD) dotsent
4
Qosimov Ahmadjon
(PhD) v.b.dotsent
5
Turdiyeva Feruza
(PhD) katta o'qituvchi
6
Xamdamov Kimsanboy
katta o'qituvchi
7
Yuldashev Raximjon
katta o'qituvchi
8
Daminov Xasanboy
katta o'qituvchi
9
Yunusov Oybek
katta o'qituvchi
10
Kimsanova Xolida
assistent
11
Iminov Ibroximjon
assistent
12
Najmudinova Dilfuza
assistent
13
Tadjiboyev Xasanboy
Stajyor o'qituvchi
14
Qaxorov Dilshodbek
Stajyor o'qituvchi
15
Qayumov Sohibjon
Stajyor o'qituvchi
16
Ismoilov Bexruz
Stajyor o'qituvchi
17
Jo'rayev Jasur
Stajyor o'qituvchi
18
Esonov Shoyatbek
Stajyor o'qituvchi
19
Tillaboyev Shoxruxbek
Stajyor o'qituvchi


		
BAKALAVR
Fanlar ro’yxati
Ta’lim yo’nalishi
Kurs
1
Sabzavot va poliz ekinlari biologiyasi
Isssiqxona
1
2
Meva ekinlari biologiyasi
MSU
1
3
Mevachilik va sabzavotchilik
Professional ta’lim Agr
2
4
Mevachilik va sabzavotchilik
AGR,  Agrokimyo
3
5
Mevachilik va sabzavotchilik
O’HK
3
6
Mevachilik va sabzavotchilik
Karantin
3
7
Mevachilik va sabzavotchilik
Biotexnologiya KXMS
2
8
Organik meva-sabzavotchilik
OQXMS
2
9
Meva ekinlari biologiyasi
MU
2
10
Issiqxona mevachiligi
issiqxona
2
11
Kam tarqalgan sabzavot ekinlarini yetishtirish texnologiyasi
SPK
2
12
Meva ekinlarini yetishtirish texnologiyasi
MU
3
13
Uzum yetishtirish texnologiyasi
MU
3
14
Sabzavotchilik va polizchilik
MU
3
15
Himoyalangan yer sabzavotchiligi
SPK
3
16
Rezavor mevachilik
MU
3
17
Kam tarqalgan sabzavot ekinlarini yetishtirish texnologiyasi
SPK
3
18
Mevachilik va uzumchilik
SPK
3
19
Issiqxonada sabzavot ekinlarini hayotiy omillarini boshqarish
SPK
3
20
Subtropik o’simliklar
SPK
3
21
Sabzavotchilik
Issiqxona
3
22
Himoyalangan yer inshoatlari turlari va tuzilishi
Issiqxona
3
23
Issiqxonalarda servis xizmat ko’rsatish
Issiqxona
3
24
Dunyo issiqxonalari va ularda sabzavot ekinlarni yetishtirish
Issiqxona
3
25
Issiqxona xo’jaliklari texnologiyasi va konstruktsiyasi
TJICHAB
3
26
Intensiv mevachilik
MU
4
27
Mevachilik
Issiqxona,  MU
4
28
Uzumchilik
MU
4
29
Uzum selektsiyasi va ampelografiyasi
MU
4
30
Sitrus ekinlari ko’chatchiligi
MU
4
31
Subtropik o’simliklarini yetishtirish texnologiyasi
MU
4
32
Rezavormeva ekinlar biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi
MU
4
33
No’ananaviy sabzavotlar yetishtirish texnologiyasi
SPK
4
34
Himoyalangan yer sabzavotchiligi
SPK
4
35
Sabzavotchilik
SPK
4
36
Kartoshkachilik
SPK
4
37
Polizchilik
SPK
4
38
Poliz ekinlari selektsiyasi va urug’chiligi
SPK
4
39
Himoyalangan yerlarda kam tarqalgan sabzavotlar yetishtirish texnologiyasi
SPK
4
40
Sabzavotchilik va polizchilik
issiqxona
4
41
Himoyalangan yerlarda tsitrus va subtropik o’simliklar yetishtirish
issiqxona
4
 MAGISTRATURA
Fanlarning nomi
Yo‘nalish va mutaxassislik
Bosqich
1
Himoyalangan yer mevachiligi
Himoyalangan yer meva-sabzavotchiligi
1
2
Issiqxonalarda malina yetishtirish texnologiyasi
Himoyalangan yer meva-sabzavotchiligi
1
3
Issiqxona va vaktinchalik plyona ostida sabzavot poliz ko’chatlarini yetishtirish
Himoyalangan yer meva-sabzavotchiligi
1
4
Himoyalangan yer meva-sabzavotchiligi fiziologiyasi va biokimyosi
Himoyalangan yer meva-sabzavotchiligi
2
5
Himoyalangan yerlarda meva ko’chatlarini yetishtirishning zamonaviy texnologiyasi
Himoyalangan yer meva-sabzavotchiligi
2
6
Himoyalangan yerlarda sabzavot ekinlari yetishtirishning zamonaviy texnologiyasi
Himoyalangan yer meva-sabzavotchiligi
2
7
Himoyalangan yerlarda rezavor meva ekinlar yetishtirish texnologiyasi
Mevachilik
1
8
Meva ekinlari fiziologiyasi va biokimyosi
Mevachilik
2
9
Meva ekinlari introduktsiyasi
Mevachilik
2
10
Mevali daraxtlarga shakl berish
Mevachilik
2