Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi, urug‘chiligi va dorivor o‘simliklar yetishtirish kafedrasi

QISHLOQ XO'JALIK EKINLARI SELEKSIYASI, URUG'CHILIGI VA DORIVOR O'SIMLIKLAR YETISHTIRISH KAFEDRA MUDIRI

A.Jo'rayev
  • F.I.O. Jo'rayev Akmaljon Normuhamadovich
  • Telefon raqami: (+99890) 256-27-46
  • E-mail: jorayev.84@inbox.ru
  • J.akmal_1984@mail.ru
  • Qabul kunlari: Dushanba 10:00-14:00

1964-yilda kafedra «Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi» nomi bilan tashkil etilgan. 1995-yilda “Botanika va o‘simliklarni himoya qilish” nomi bilan faoliyat ko‘rsata boshlagan. 2004-yildan boshlab kafedra «Dehqonchilik va ekologiya» nomi bilan ish boshladi.
2012-yil 3-dekabrdan O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2012-yil 27-noyabrdagi 185-sonli buyrug‘iga asosan kafedra nomi «Genetika, qishloq xo‘jalik ekinlar selektsiyasi va urug‘chiligi» nomiga o‘zgartirildi.
2016-yil yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-noyabrdagi  311-sonli buyrug‘iga asosan kafedra nomi “Qishloq xo‘jalik ekinlar genetikasi, selektsiyasi va urug‘chiligi” nomiga o‘zgartirildi.
2017-yil  10-avgustdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining  2017-yil 7- noyabrdagi 220-sonli qaroriga asosan tasdiqlangan institut yangi  tuzilmasiga muvofiq  institut rektorining  2017-yil 10-avgustdagi 335 (V) tartibli buyrug‘iga asosan “Dorivor o‘simliklar” nomi bilan  yangi tashkil qilindi.
2022-yildan  boshlab shu kungacha “Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi, urug‘chiligi va dorivor o‘simliklar yetishtirish” kafedrasi nomi bilan faoliyat yuritib kelmoqda.

Kafedra mudirlari
N.To‘ychiyev – b.f.n., 1964-1968 yy
A.Mamadaliyev – q.x.f. doktori, 1968-2004 yy
T.Topvoldiyev – b.f. doktori, 2004-2006 yy
A.Mamadaliyev – q.x.f. doktori, 2006-2009 yy
S.Bahromov – q.x.f. nomzodi, 2009-2012 yy
Z.Raxmonov – q.x.f. nomzodi, 2012-2017 yy
I.Kimsanov – q.x.f. nomzodi, 2017-2020 yy
G‘.Raxmatullayev – q.x.f. nomzodi, 2020-2022
A.Jo‘rayev-q.x.f. professori, 2022-yildan shu kungacha

2022-2023 o‘quv yili davomida Kafedraning ish faoliyatida 2 ta fan doktori professorlar A.Jo‘rayev, M.Baratovalar unvonini oldilar. Bundan tashqari 6 ta falsafa fanlari doktori (PhD) A.Raximov, Sh.Qosimova, N.Mirxomidova, S.Rasulov, U.Abdumalikov, A.Abduraximovalar dissertatsiya ishlarini muvafaqiyatli himoya qildilar.
Kafedrada bugungi kunda 3 ta professor, 2 nafar dotsent, 8 nafar katta o‘qituvchi va 12 nafar assistent faoliyat olib bormoqda. Bundan tashqari kafedra tarkibida 11 nafar doktorant va 4 nafar magistrantlar tahsil olmoqdalar.
2023-yil davomida xalqaro ilmiy jurnallarda («Web of Science», «Scopus» va boshqa xalqaro e’tirof etilgan bazalarga kiritilgan jurnallarda) 50 ta va Respublika ilmiy jurnallarida (OAK ro‘yxatidagi) 25 ta ilmiy maqolalar chop etildi.
2023-yil davomida xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan xamkorlikda 30 dan ortiq xalqaro konferensiyalar, seminarlar, ilmiy yoki o‘quv loyihalarida talabalar va o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
2023-yil davomida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi qoshidagi muvofiqlashtiruvchi Kengashdan o‘tganligi to‘g‘risida 13 ta darslikka va 6 ta o‘quv qo‘llanmalarga guvohnoma olindi.

Kafedrada  faoliyat olib borgan professor-o’qituvchilar:
N.To‘ychiyev – 1964-yil, b.f.n.
A.Mamadaliyev – 1964-yil, q.x.f. doktor
L.Trushkina – 1964-yil, b.f.n.
I.Allayorov – 1965-yil, b.f.n.
N.Altunina – 1966-yil, b.f.n.
O.Umarxo‘jaev – 1968-yil, b.f.n.
K.Rustamov – 1969-yil, b.f.n.
J.Abdullaev – 1970-yil, b.f.n.
M.Abdullaev – 1971-yil, b.f.n.
M.Mo‘minov – 1971-yil, b.f.n.
T.Topvoldiyev – 1973-yil, b.f. doktor
N.Eshonkulov – 1973-yil, b.f.n.
A.To‘xtaboyev – 1983-yil, katta o‘qituvchi
O.Botirov – 1985-yil, b.f.n.
S.Mirzaeva – 1988-yil, q.x.f.nomzodi
S.Bahromov – 2003-yil, q.x.f.nomzodi
G.O‘rinboyeva – 2004-yil, q.x.f.nomzodi
Z.Rahmonov – 2012-yil, q.x.f.nomzodi
X.Egamov – 2012-yil, q.x.f.nomzodi
S.Rasulov – 2012-yil, assistent
F.Miraxmedov – 2012-yil, assistent
T.Raximov – 2012-yil, assistent
N.Mirxomidova – 2012-yil, assistent
O.Qodirov – 2013-yil, assistent
N.Nabiyeva – 2013-yil, assistent
A.Rahimov – 2015-yil, assistent
M.Karimova – 2015-yil, assistent
R.Bahromov – 2015-yil, assistent
G.Mirxamidova – 2015-yil, assistent
B.Nabiyev – 2017-yil, assistent

2023-2024 o‘quv yilida faoliyat olib borayotgan Professor-o‘qituvchilar
Jo‘rayev Akmaljon Normuxamadovich -Kafedra mudiri
Egamov Xusanboy -professor
Baratova Moxidilxon Raximovna -professor
Raximov Azizbek Dilmuratovich- dotsent
Mirxomidova Nodira  Azimovna- dotsent
Rasulov Soyibjon Tolibjonovich-katta o‘qituvchi
Miraxmedov Faxriddin Shaxobiddinovich  -katta o‘qituvchi
Xusanov Baxtiyor Muxammadjonovich -katta o‘qituvchi
Qodirov Otabek Abdullaxaevich -katta o‘qituvchi
Bo‘stonova Surayyo  Soliyevna -katta o‘qituvchi
Qosimova Shoiraxon Mirzaxamitovna -katta o‘qituvchi
Abdumalikov Ulug‘bek Ziyodilla o‘g‘li -katta o‘qituvchi
Aliyeva Feruzaxon Shovvozovna -assistent
Soliyev Sharobidin No‘monovich - assistent
Isaqov Tohirjon Tursunboy o‘g‘li - assistent
Nabiyev Baxtiyor Nazirovich - assistent
G‘oipova Parizod  Muxtor qizi - assistent
Mirzayev Johongir Jo‘rabek o‘g‘li - assistent
Kurbonov Nodirbek Doniyorbek o‘g‘li  - assistent
Ergasheva Nargiza Xoljo‘ra qizi - assistent
Xakimov Shaxbozbek Shavkatbek o‘g‘li - assistent
Xoshimov Xojiakbar Shokirjon o‘g‘li - assistent
Qodirova Turdiniso Nosirjon qizi - assistent
Qayumov Bobirjon Abdusalom o‘g‘li  - assistent

             Bakalavriat uchun fanlar:
Biologiya va genetika
Qishloq xo‘jalik ekinlar seleksiyasi va urug‘chiligi
Qishloq xo‘jalik ekinlar genetikasi
G‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi
Dala ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi
Ishchi kasbini egallash
Umumiy seleksiya va urug‘chiligi
Navshunoslik va urug‘shunoslik
Donli ekinlar seleksiyasi va urug‘chiligi
Don-dukkakli ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi
G‘o‘za va texnik ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi
Sabzavot va poliz ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi
Mutaxassislikka kirish (tanlov fan)
O‘rmon seleksiyasi
Seleksiya urug‘chilikda tajriba uslublari va statistik tahlili
Moyli ekinlar seleksiyasi va urug‘chiligi
Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi
Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi
Farmakognoziya
Dorivor o‘simliklar urug‘chiligi va ko‘chatchiligi
Tabiiy dorivor o‘simliklar
Dorivor o‘simliklar biologiyasi va ekologiyasi
Dorivor o‘simliklar introduksiyasi
Dorivor o‘simliklarni standartlash metrologiya va sertfikatlash
Dorivor o‘simliklar resursshunosligi
Dorivor o‘simliklar morfologiyasi va reproduktiv strategiyasi
Fitopreparatlar texnologiyasi
O‘rmon dorivor o‘simliklari
Dorivor o‘simliklar xom-ashyolarini tayyorlash, saqlash va dastlabki qayta ishlash
Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi
Dorilar texnologiyasi
Fitoterapiya
Dorivor o‘simliklar yetishtirishda ilmiy izlanish asoslari

Magistratura uchun fanlar:
Seleksiya, urug‘chilikda ilmiy-tadqiqot uslublari
Meva-sabzavot ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligida noan’anaviy usullar
Meva-sabzavot ekinlari seleksiyasining genetik asoslari
Meva-sabzavot ekinlari seleksiyasi va navshunoslikda innovatsion texnologiyalar
Meva-sabzavot ekinlari navshunosligi, urug‘shunosligi va nav yaratish
Meva-sabzavot ekinlar urugchiligining ilmiy asoslari
Meva-sabzavot ekinlari seleksiyasida Davlat nav sinovi
Meva-sabzavot ekinlarida urug‘lik sifatini aniqlashda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash
Meva-sabzavot sifatini aniqlashda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash
Patentshunoslik, litsenziyalash va sertifikatsiyalash
Subtropik mintaqa dorivor o‘simliklar bioekologiyasi
Dorivor o‘simliklar yetishtirishda innovatsion texnologiyalar
Dorivor o‘simliklarni yetishtirishda ilmiy-tadqiqot uslublari
Dorivor o‘simliklarni ko‘chatchiligida innovatsion texnologiyalar
Dorivor o‘simliklar introduksiyasi va akklimizatsiyasi
Sanoatda dorivor o‘simliklar xom-ashyosini saqlash va qayta ishlash
Dorivor o‘simliklar bioekologik xususiyatlari