Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi

JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARI BILAN ISHLASH, NAZORAT VA MONITORING BO‘LIM BOSHLIG'I

Abdumalikov
  • F.I.SH. Ulug‘bek Abdumalikov Ziyodilla o‘g‘li
  • Tel raqami: +998 (91) 610 70 90
  • E-mail ulugbek.uzb90@mail.ru
  • Qabul kunlari: Dushanba, Juma 14:00 da, Shanba 10:00

“Monitoring va ichki nazorat” bo‘limi  Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi, o‘quv-ta’lim jarayonida me’yoriy hujjatlar va uslubiy ko‘rsatmalarning ijro etilishini, shuningdek, institut bo‘yicha buyruqlar va qarorlarning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan. «Ichki nazorat va monitoring» bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2001-yil 29-avgustdagi 207-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim ichki inspeksiya va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini ro‘yobga chiqarishning monitoringi»ni amalga oshirish to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiradi. Bo‘lim institutda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini hayotga tadbiq etish monitoringini amalga oshiradi, o‘quv, o‘quv-uslubiy, ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot, ijro etish intizomi, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, hay’at va ilmiy kengash qarorlari, institut bo‘yicha buyruqlarning hamda ta’lim sohasidagi me’yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi. Monitoring va ichki nazorat bo‘limi o‘z faoliyatida bevosita institut rektoriga bo‘ysunadi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarish monitoringi bilan  bog‘liq bo‘lgan vazifalar oliy ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi ichki nazorat inspeksiyalari 2001-yildan “Ichki nazorat va monitoring” bo‘limi deb atalgan.

Bo‘limda 1997-yildan dotsent A.Xojimatov birinchi bo‘lib boshliq lavozimida  faoliyat olib borgan. Bo‘limda 3 nafar xodim, boshliq (A.Xojimatov), boshliq muovini lavozimida (M.Qoraboyev, Z.Zulunov. U.Ne’matov, S.Usmonov, I.Sobirov, E.Asronov, R.Abdiraxmonov)lar  ishlagan. Uslubchi  lavozimida 1997-yil oktyabr oyidan T.Nurqo‘ziyeva hozirgi vaqtgacha ishlab kelmoqda.

2012-yildan bo‘limda boshliq lavozimida (A.Dadaxodjayev, A.Madazimov, Yu.Nishonova, J.Iymanov, I.Tursunov, X.Baratov, T.Yuldasheva, R.Abdiraxmonov, D.G‘aniyev)lar ishlagan. Hozirgi vaqtda U.Abdumalikov  faoliyat olib bormoqda.

2020-yil 16-oktyabrdan Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Monitoring va ichki nazorat bo‘limi Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi deb nomlandi.

Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash sifatini oshirish maqsadida 2023/2024-o‘quv yili davomida mas’ul etib Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari bo‘yicha 1-prorektor Maxsutaliyev Abdusalom Xasanovich tayinlangan.

Hozirda ushbu “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring” bo‘limida 2 nafar xodim (boshliq, uslubchi) faoliyat olib bioradi. Ulug‘bek Abdumalikov Ziyodilla o‘g‘li bo‘limi boshlig‘i 25.01.2024 yildan rektorning 25.01.2024 yildagi 30-L-son buyrug‘i asosida hamda Nurqo‘ziyeva Tojihon Bazarovna uslubchi lavozimida.

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2001-yil  29-avgustdagi «Oliy ta’lim muassasasi ichki nazorat va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini ro‘yobga chiqarishning monitoringini amalga oshirish  to‘g‘risida”gi 207-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizomga asosan belgilangan.

Bo‘lim boshlig‘i

  1. Institutda O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid qonunlari, Hukumatning qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining hay’at qarori, buyruq, xatlarni, shuningdek institutning Ilmiy Kengash qarorlari va buyruqlarining bajarilishini nazoratini ta’minlash va monitoringini olib borish;
  2. Kadrlar tayyorlash sifati, ularga bo‘lgan ehtiyoj va mehnat bozorini rivojlantirish va institut bo‘yicha rejalashtirilgan barcha tadbirlarni hamda institut moddiy-texnika bazasining monitoringini olib borish tizimini ishlab chiqish;
  3. Professor-o‘qituvchilar tarkibi va ularning  malakasini oshirish  va qayta tayyorlash sifati   ichki nazoratini tashkil etilishini ta’minlash;
  4. Institutning boshqaruv organlari hamda Ilmiy kengashga  ta’lim tizimini isloh qilishni takomillashtirish bo‘yicha tahliliy materiallar va takliflar tayyorlanishini ta’minlash;
  5. Institutning buyruqlari ijrosini ta’minlash tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish, ijrochilik faoliyatini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy va uslubiy takliflar tayyorlash;
  6. Turdosh oliy o‘quv yurtlarining ilg‘or tajribalarani o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirishga imkoniyat yaratish.

Uslubchi

  1. Institutda monitoring bo‘yicha tayyorlangan ma’lumotlarni o‘z vaqtida sifatli rasmiylashtirilishini ta’minlash;
  2. Yuqori tashkilotlardan kelgan buyruqlar, ko‘rsatmalar va yo‘riqnomalarga tegishli javoblarni belgilangan muddatlarda rasmiylashtirilishini va ularni jo‘natilishini bo‘yicha tegishli bo‘limlarga yetkazilishini ta’minlash;
  3. Institut devonxonasi, xodimlar bo‘limi, Axborot texnologiyalar bo‘limi bilan muntazam aloqa o‘rnatish va o‘quv jarayoniga tegishli yangi ma’lumotlarni o‘z vaqtida olinishini va ular haqida bo‘lim rahbari monitoring hamda xodimlarining o‘z vaqtida xabardor bo‘lishlarini ta’minlash;
  4. Bo‘limga tegishli barcha hujjatlar, ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar, axborotlar, ma’lumotnomalar va boshqa hujjatlarni tegishli yig‘ma jildlarda sifatli saqlanishini ta’minlash va kompyuter texnikalari bo‘yicha o‘z mahoratini mukammallashtirib borishini ta’minlash.

Ulug‘bek Abdumalikov Ziyodilla o‘g‘li
Lavozimi: Bo‘lim boshlig‘i
Tel raqami: +99891-610-70-90
Elektron manzil: ulugbek.uzb90@mail.ru

Nurqo‘ziyeva Tojixon Bozorovna
Lavozimi: Uslubchi
Tel raqami: +99890-524-45-52
Elektron manzil: nurkuzieva@mail.ru