Magistratura

MAGISTRATURA BO'LIM BOSHLIG'I

S.Xatamov
  • F.I.SH. Xatamov Salimjon Raximjon o'g'li
  • Tel raqami: +998 (90) 543-11-31
  • E-mail hatamov.s1983mail.ru
  • Qabul kunlari: Dushanbadan Shanbagacha 09:00-16:00

Magistratura bo‘limi 2012 yilda tashkil topgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligining barcha tarmoqlari uchun yetuk magistr mutaxassislar yetkazib beradi. Bugungi kunda institut magistratura bo‘limining 1-bosqichida davlat granti asosida – 96 nafar, shartnoma asosida – 95 nafar, 2-bosqichda davlat granti asosida – 44 nafar shartnoma asosida 104 nafar magistrantlar tahsil olmoqda.

Bizning Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti Magistratura bo‘limi qishloq xo‘jaligining deyarli barcha soxalariga tegishli mutaxassislar tayyorlaganligi sababli magistrantlarimiz qishloq xo‘jaligining barcha soxalarida katta yutuqlarga erishib kelmoqda. O‘z navbatida qilingan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan xalqaro va milliy ilmiy anjumanlarda o‘z ilmiy maqolalari bilan faol ishtirok etib kelmoqda, jumladan joriy 2022-yil 12-20-yanvar kunlari institutimizda “Qishloq xo‘jaligida innovatsion resurs tejamkor texnika va texnologiyalardan samarali foydalanish” mavzusida tashkil etilgan online ilmiy-amaliy anjumanda bo‘limimizning “Logistika (Agrologistika)” mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Jo‘rayeva Mohinur fahrli 1-o‘rinni egalladi va Samarqand shahriga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

“Logistika (Agrologistika)” mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Jumaboyeva Dilafruz “APTIS for teachers” xalqaro tan olingan til sertifikatini qo‘lga kiritdi va C1 darajasini oldi.

Institutimizda magistrantlarning ilmiy ishlari doimiy nazoratda jumladan institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori i.f.f.d., dotsent S.T.Iskandarovning 07-may 2022-yil sanada tasdiqlangan aprobatsiya jadvaliga asosan barcha magistrantlarning ilmiy-izlanishlari tadqiqot joylariga borib yaqindan o‘rganildi va yutuq va kamchiliklar muhokama qilindi hamda magistrantlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Tillaboyev Shoxruxbek Muxammadillo o‘g‘li

2022-yil 1-martrdan: Bo’lim uslubchisi
Ma’lumoti: oliy
Ilmiy darajasi: Magistr
-tel: +99899-907-62-97