Institut yangiliklari

Agroinjeneriya va gidromelioratsiya fakulteti talaba qizlari oʻrtasida navbatdagi bellashuv oʻtkazildi. Fakultetning Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi D.Karimova hamda Qishloq xoʻjalik mashinalari va texnik servis tashkil etish kafedrasi tashabbusi bilan 2-talabalar turar-joyida yashovchi fakultet qizlari oʻrtasida “PAZANDA QIZLAR” nomli koʻrik-tanlov tashkil etildi.
Qizlarimiz bu jarayonga jiddiy kirishib, pazandachilikdagi bor mahoratlarini koʻrsatdilar.
Bosqichlar kesimida oʻtkazilgan musobaqada ishtirokchilarni baholash uchun turli xil salatlar va shirinliklarni mazali qilib tayyorlanilishi hamda bezaklari ham alohida eʼtiborga olindi.

1-bosqich «Lobar» qizlar jamoasi «Eng chaqqon, saranjom pazandalar» nominatsiyasi;
2-bosqich «Oqqushlar» jamoasi «Eng mohir pazandalar» nominatsiyasi;
3-bosqich «Injener qizlar» jamoasi esa «Eng tezkor-kreativ pazandalar» nominatsiyalari boʻyicha taqdirlandilar.