Institut yangiliklari

Anjuman doirasida mavzuga oid bo‘lgan dolzarb masalalarning yechimiga ilmiy yondashuv orqali kurashish ilgari surilmoqda. Xorijiy hamda mahalliy tajribalar professor olimlar tomonidan muhokama qilinyapti. Institut professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrlar  hamda bakalavr talabalari ham ma’ruzalarda qatnashib, qishloq xo‘jaligida resurs tejovchi texnologiyalarning samaradorligi yuzasidan ma’lumot olishmoqda.

«Qishloq xoʻjaligida resurs tejovchi innovatsion texnologiyalaridan samarali foydalanishning ilmiy-amaliy asoslari xalqaro ilmiy va ilmiy texnik anjuman» oʻz ishini boshladi. Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida oʻtkazilayotgan xalqaro anjumanda qatnashish uchun 20 dan ortiq davlatlarning vakillari tashrif buyurishdi.