Institut yangiliklari

KORXONA VA TASHKILOT RAHBARLARI HAMDA HISOBCHILARI DIQQATIGA!!!

2023-yil yanvar-oktabr oylari yakuni oyi bo‘yicha quydagi davlat statistika hisobotlarini xato va kamchiliklarsiz belgilangan muddatdan kechiktirmay stat.hisobot.uz sayti orqali eStat-4.0 dasturidan foydalangan holda elektron shaklda taqdim etishingizni so‘raymiz:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statiska qo‘mitasining 2022-yil 16-noyabrdagi 23-mb son qaroriga 28-ilovasi bilan tasdiqlangan “Paxta xom-ashyosini tayyorlash to‘g‘risida”gi “3-paxta shakli” yilda 3 marta 1-noyabr holatiga hisobotini 5-noyabr sanasidan kechiktirmay.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statiska qo‘mitasining 2022-yil 16-noyabrdagi 23-mb son qaroriga 98-son ilovasi bilan tasdiqlangan “Tashkilot va faoliyati to‘g‘risida”gi                 “12-korxona shakli” oylik hisobotini 5-noyabr sanasidan kechiktirmay.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statiska qo‘mitasining 2022-yil 16-noyabrdagi 23-mb son qaroriga 94-ilovasi bilan tasdiqlangan “Tashkilotning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida”gi12-moliya shakli” oylik hisobotini 18-noyabr sanasidan kechiktirmay.

Shuningdek, mansabdor shaxslarning davlat statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur bo‘lgan hisobot va boshqa ma’lumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215-moddasida belgilangan javobgarlikka sabab bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantiramiz.

 Murojaat uchun telefon raqami: (95) 202-70-08

Andijon tuman statistika bo‘limi