Institut yangiliklari

Yangi Andijon massivi ham yaxshilar mehri bilan ekilgan nihollar koʻmagida yashillikka burkanadigan boʻldi.

Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida hududda viloyatimizning 2000 nafardan ortiq faollari va mehnat jamoalari birgalikda ona zamin bagʻriga 20.000 tupdan ziyod mevali hamda manzarali daraxt koʻchatlarini ekdilar. Bu orqali 4000 gektarli hududning 50 gektardan ziyod yer maydoni koʻkalamzorga aylanishi taʼminlanmoqda. Mazkur tadbirda Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutining koʻngilli jamoasi va talabalari faol boʻlishdi.