Institut yangiliklari

YANGI G‘OYALAR, YANGI TASHABBUSLAR SARI YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARI!

Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari bilan muloqot tashkil etildi. Har beshta fakultetning barcha bosqich talabalari bilan erkin muloqot oʻtkazildi. Institutning oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Murodjon Atajanov yoshlar bilan oʻtgan muloqotda qatnashdi. Dastlab Agrobiologiya hamda Oʻsimliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakultetining talabalari bilan oʻtgan uchrashuvda notiq bugun har bir izlanuvchiga, tashabbuskor va yangiliklarni intiluvchi yoshlarga yangi Oʻzbekiston sharoitida yoʻl qoʻyib berilayotgan imtiyozlar haqida toʻxtaldi. Shuningdek, institut maʼmuriyati tomonidan talabalarning tashabbuslari, gʻoyalari qoʻllab-quvvatlanishi haqida toʻxtaldi. Shundan soʻng talabalar ham oʻz takliflarini aytib oʻtishdi. Qator gʻoyalarga qaratilgan tashabbuslar institut maʼmuriyati tomonidan qoʻllanishi taʼkidlandi.