Institut yangiliklari

#eslatma
#o‘qishni_ko‘chirish

⚡️Uzrli sababga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha hujjatlar hududiy Ishchi guruhlar tomonidan 20-yanvar kuni ham qabul qilinadi

Belgilangan tartibga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra davlat oliy taʼlim muassasalariaro o‘qishni koʻchirish haqidagi arizalarni qabul qilish uchun 13 ta oliy taʼlim muassasasida hududiy Ishchi guruhlar tashkil etilgan (rasm).

Ishchi guruhlar har kuni soat 9:00dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 9:00 dan 15:00 gacha) faoliyat koʻrsatadi.