Institut yangiliklari

Ona vatanga boʻlgan muhabbatingiz endi goʻzal xonishlarda aks etadi.

Andijon viloyati hokimi sovrini uchun🇺🇿»Vatan-madhing kuylayman» mavzusida viloyatning barcha oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida qoʻshiqlar tanlovini eʼlon qilamiz.

Tanlov 3-bosqichda oʻtkaziladi:

🔴OTMlarining fakultet bosqichi;

🔴OTM bosqichi

🔴viloyat bosqichi viloyatning barcha OTMlari oʻrtasida;

Ishtirokchilar quyidagi yoʻnalishlarda qatnashishlari mumkin:

🎙Anʼanaviy xonandalik,
🪕Maqom;
🎸Estrada,
🎺Folklor,
🎼Duet va ansambl yoʻnalishi.

20-yanvardan start oladigan tanlov gʻoliblari shu yilning 1-mart kuni aniqlanadilar. Tanlovda ishtirok etuvchilar oʻz oliy taʼlim muassasasining Yoshlar bilan ishlash va maʼnaviyat-maʼrifat boʻlimi ishchi guruhi yoki tashkiliy qoʻmitaga murojaat qilishi mumkin.

🎁Gʻoliblar viloyat hokimligining qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan mukofotlanadilar.