Institut yangiliklari

Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri. Hozirgi paytda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular boʻyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi bilan hamkorlikdagi muloqot ham yuqoridagi chora-tadbirlardan biri boʻldi. Boʻlim bosh mutaxassisi X. Daminov hamda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori A. Maxsutaliyev soʻz olishdi. Notiqlar talabalarga korrupsiya bilan bogʻliq jinoyatchilikning xavfsizlik va jamiyat taraqqiyotiga soladigan tahdidlarga to‘xtaldilar. Institutimizning profilaktika noziri tomonidan korrupsiyaga oid jinoyatlarda pora oluvchi ham, beruvchi ham qonun oldida javob berishi yuzasidan tinglovchilarga huquqiy tushuncha berdi.