Institut yangiliklari

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy markazi Andijon filiali, Andijon tuman IIB, Oliy taʼlimga biriktirilgan profilaktika inspektori hamda Gumanitar fanlar kafedrasi professor-oʻqituvchilari hamkorlikda “Giyohvandlik asr vabosi” mavzusida tadbir tashkil etishdi. Dastlab, narkologiya ilmiy amaliy markazi Andijon filiali bo‘lim boshligʻi giyohvandlikning jamiyatga, inson hayoti, organizmiga salbiy zararlari haqida toʻxtaldi.

IIB xodimlari giyohvand hamda boshqa turdagi sintetik dori vositalari, psixotrop moddalar oldi-sotdisi bilan shugʻullangan holatlar aniqlanganida maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlik qonunlar bilan belgilangani boʻyicha tinglovchilarga huquqiy tushunchalar berishdi.

Institutning huquqshunos professor-oʻqituvchilari ham mavzuga oid boʻlgan fikrlarini bayon etishdi.

Muloqot soʻnggida mavzuga aloqador boʻlgan film namoyish etildi.