Institut yangiliklari

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Xitoy investitsiya forumida ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbari forumni ochar ekan, barcha ishtirokchilarni samimiy qutladi.
– Bugun mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli va o‘zaro manfaatli munosabatlar, birinchi navbatda, iqtisodiy hamkorlik aloqalaridan kuch oladi, – dedi Prezident.
Kecha XXR Raisi Si Szinpin bilan samarali muzokaralar o‘tkazilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Biznes forumi yakunida energetika, neft-gaz, tog‘-kon, elektrotexnika, yengil sanoat, mashinasozlik, infratuzilmani rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, transport va logistika sohalarida loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hujjatlarning katta to‘plami imzolandi.