Institut yangiliklari

Ona vatanimdir jannatmakonim, seni ardoqlaymiz hur O‘zbekistonim!
Ona diyorimiz har qachon azizdir. Uning dovrug‘i ko‘kka ko‘tarilganda yangraydigan, jaranggi xuddi ona allasidek yoqimli yangragan kuy bu – davlat madhiyasi.

Bugun Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti xodimlari uchun ish vaqti davlat madhiyasi jaranggi bilan boshlandi. Institut ma’muriyati, professor-o‘qituvchilari hamda talabalar kunni davlat madhiyasini qarshi olish bilan boshlashdi.