Institut yangiliklari

Vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhiyati el tinchligi uchun yurakdan yonib quyish, xizmatlarimiz va mehnatimizni ayamaslikka daʼvat etadi. Shu sabab ham ayni kamolga yetayotgan yoshlarga vatanparvarlik aslida nima ekanligini tushuntirish va ularning ongiga, yuragiga singdirish muhimdir. Vatanparvarlik doirasidagi tadbirlar, ochiq muloqotlar Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida davom etmoqda. Navbatdagi muloqot Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasining professor-oʻqituvchilari hamda talabalar oʻrtasida oʻtkazildi.
Unda davlatchiligimiz tarixi, qonunchilikdagi oʻzgarishlar masalalarida fikr yuritildi. Temuriylar davri Tuzukotdagi davlat va jamiyatni boshqarish, ulugʻ mutafakkirlar Yusuf Xos Xojibning «Qutadgʻu bilig», Abu nasr Forobiyning «Fozil odamlar shahri» odil davlat ideal jamiyatni shakllantirishda qonunga itoatkorlik, vatanga sodiqlik bilan bogʻlikligi haqidagi qarashlar yoshlar ongiga singdirildi.