Institut yangiliklari

Agarki ota – ona bilan hamkorlik yaxshi yoʻlga qoʻyilgan boʻlsa, oʻgʻil-qizlarning ruhiy holatini, vaziyatini tushunish uchun qulay sharoit yaratiladi. Bu albatta yoshlarning taʼlim olishi va jamiyatga qoʻshilishi uchun ham natijaga erishishda muhim. Shu jihatlarni inobatga olgan holda institutning Agrobiznes va raqamli iqtisodiyot fakultetida tahsil olayotgan birinchi bosqich talabalarining ota-onalari bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.

Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutining oʻquv ishlari boʻyicha prorektori M. Atajanov talabalarning eng ishonchli vakillari bilan hamkorlikni uzluksiz va davomiy oʻrnatish yoshlarning har jabhada faol boʻlishlarida zarur ekaniga urgʻu berdi.

Tadbir davomida namunali xulq-odobi, jamoat ishlarida faol, aʼlo baholarga oʻqiyotgan talabalarning ota – onalariga institut maʼmuriyati tomonidan tashakkurnomalar berildi.