Institut yangiliklari

🏛Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti tomonidan faol va iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Rektor stipendiyasi» tanlovi e’lon qilinadi! Qatnashing va g‘olib bo‘ling!

Ishtirokchilar quyidagi yo’nalishlar bo’yicha taqdirlanadi:

1️⃣ Qishloq xo’jaligi yo’nalishlari uchun;
2️⃣ Texnika yo’nalishlari uchun;
3️⃣ Iqtisodiy yo’nalishlar uchun;
4️⃣ Chorvachilik va ipakchilik yo‘nalishlari uchun;
5️⃣Magistratura mutaxassisliklari uchun.

📆Muddatlar:
📩Hujjatlarni qabul qilish: 5-martdan 31-martgacha;
📝Hujjatlarni ko’rib chiqish: 5-aprelgacha!

🤔Kimlar ishtirok eta olmaydi? «Rektor stipendiyasi» yangi iqtidorlarni kashf etish hamda qo‘llab-quvvatlashga qaratilganini inobatga olib:
⛔️nomdor stipendiantlar;
⛔️«Mard o‘g‘lon», «Zulfiya» mukofoti sovrindorlari;
⛔️«Yil talabasi» institut bosqichi g‘oliblari;
⛔️bitiruvchi bosqich talabalari (magistratura mutaxassisliklaridan tashqari);
⛔️«Hokim stipendiyasi» sohiblari hamda darajasi jihatidan «Rektor stipendiyasi»dan yuqori turuvchi barcha stipendiantlar!

📋Tanlov shartlari:

🔵Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabasi bo’lishi;
🔵Faol va iqtidorli bo‘lishi;
🔵Fanlardan yaxshi (25 foizgacha) va a’lo baholarga o‘zlashtirgan bo‘lishi;
🔵Chop etgan ilmiy ishlar (maqolalar va boshqa…);
🔵Qishloq va suv xoʻjaligi muammolarining zamonaviy yechimlariga qaratilgan loyiha, ishlanma yoki ixtirosi boʻlishi kerak!

📬Hujjatlarni qabul qilib oladi.
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi.
+998902597520

📎Qo’shimcha ma’lumotlarni @AQXAI_pressa kanali orqali kuzatib borishingiz mumkin!