Institut yangiliklari

Xalqimiz azaldan poklikni suyib, obod manzillarni yanada obod etadigan mehnatkashdir. Bunday xayrli ishlarda birlashish esa yanada zavqli. Bugun tunu respublikamizda boʻlganidek Andijonning barcha maskanlarida ham obodonlashtirish ishlari olib borildi. Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutining professor-oʻqituvchilari hamda koʻngilli talabalari hashar ishlarida faol boʻlishdi. Institutning tashqi hududi, binolar atrofi va ichki xonalari barchasi tozalanib, obod manzilga aylantirildi. Bahor ayyomi Navroʻz bayrami oldidan bu xayrli ishlar yanada avj oldi.