Institut yangiliklari

Andijon viloyati OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassislari talabalar bilan suhbat oʻtkazishdi. OITS hamda OIV virusining tarqalish omillari, inson organizmiga taʼsiri, hayot uchun xavflilik darajasi haqida virusolog shifokorlar tomonidan maʼlumotlar berildi. Inson immunitetini har qachon bir meʼyorda saqlash, kasalliklarga chalinmaslik, salomatlikni asrashda eng birinchi navbatda sogʻlom turmush tarziga rioya qilish masalalari mavzudan joy oldi. Sport bilan shugʻullanish, sogʻlom ovqatlanish esa har qanday kasallikka qarshi kurashishda muhim qadamdir ekaniga urg‘u berildi.
Mavzu yuzasidan faollik bilan berilgan savollardan sezildiki bu masalaga yoshlar befarq emas. Talabalarning savollariga markaz virusologlari tomonidan javob berildi.