Institut yangiliklari

«Sog‘lom hayot uchun 5 ming qadam» yurish marafoniga Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti mezbonlik qildi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi hamda viloyat Ekologiya partiyasi bilan hamkorlikda Andijon tuman markaziy ko‘chalarida «Sog‘lom hayot uchun besh ming qadam» aksiyasi tashkil etildi. Aksiya doirasida viloyatda joylashgan Oliy ta’lim muassasalari talaba yoshlari faol qatnashishdi.