Institut yangiliklari

15 – February, 2024

Institutda Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida yangi loyiha

 

Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutida 2024-yil 1-fevraldan Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi tomonidan moliyalashtirilgan “OFINU Open Food Innovation University – Ochiq oziq-ovqat innovatsion universiteti” loyihasini amalga oshirishni boshlandi.  OFINU Konsorsiumiga yetakchi hamkor Grantxolder – Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalari universiteti umuniy rahbarlik qiladi. Shuningdek, loyihada Nitra agrar universiteti (Slovakia); Oʻzbekistondan Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar universiteti; Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti; Tojikistondan Tojikiston texnologiya universiteti; Tojikiston texnologiya universiteti Isfara filiali; Kulob texnologiya va innovatsion menejment universiteti, jami 7 ta oliy o’quv yurtlari qatnashmoqda.

OFINU loyihasiga jalb qilingan Markaziy Osiyo universitetlarida oziq – ovqat mahsulotlarini qayta ishlash bilan bog’liq bilimlarni  yoki oliy ma’lumot olish uchun o’qitish modulli shaklda olib boriladigan va kunduzgi talabalar bilan birgalikda boshqa tashqi o’quvchilar-tinglovchilar modullarni o’rganish uchun ishtirok etadigan yangi innovatsion o’quv shaklini ishlab chiqish va joriy etishga qaratilgan. Masalan, bu xizmatlardan oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasidagi mutaxassislar yoki mutaxassis bo’lishni istaganlar foydalanishi mumkin bo’ladi.  Shu maqsadda huquqiy asos yaratiladi va mustahkamlanadi, o’quv modullari ishlab chiqiladi, online platform yaratiladi, hamkorlarning ilmiy-pedagogik xodimlari o’qitiladi va jihozlar olinib o’qish uchun zarur bo’lgan moddiy baza ishlab chiqiladi.

OFINU loyihasida tashqi o’quvchilar kunduzgi talabalar bilan birgalikda ma’lum modullarda qatnashadilar, shu bilan o’qishni tugatgandan so’ng har bir modul uchun belgilangan kreditlarni oladilar, kerakli bilimlarni oladilar. Shuningdek asta-sekin oliy ma’lumot diplomini olishga imkon beradigan kreditlarni to’playdilar. Ushbu yondashuv mehnat bozoriga allaqachon kirib kelgan odamlarga o’rganish, mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek kunduzgi dasturlarni o’rganayotgan talabalarning bandlik salohiyatini oshirishga imkon beradi.

Loyihada muhim rol qo’shimcha sheriklarga ham beriladi – beshta oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari va bitta biznes birlashmasi, ular yangi o’quv modullarini loyihalash jarayonida ishtirok etadilar, ularni tasdiqlashda qatnashadilar va xodimlarni sinovda ishtirok etish uchun jo’natadilar.

OFINU loyihasi 2024 yilning fevralidan 2027 yilning yanvarigacha amalga oshirilib, ta’lim sifatini oshirish orqali institutning milliy va xalqaro reyting ko’rsatkichlarini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.