Institut yangiliklari

Inson salomatligi eng muhim jihatlardan. Shu sababli ham tаnimizning sogʻligida doimiy badan tarbiyaning oʻrni bor. Kunlik mashqlar organizmimizda qon aylanish tizimini yaxshilab, yurak xastaliklariga chalinishning oldini oladi. Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti jamoasi va talabalari ham kun davomida tetik yurish sabablarini yaxshi bilishadi. Ular sogʻlom turmushga amal qilgan holda badan tarbiya mashqlarini doimiy ravishda bajarib kelishmoqda.