Institut yangiliklari

Kitob oʻqish jon-u dilingizmi?

Kitobxonlar davrasida boʻlishni yaxshi koʻrasizmi?
Chiroyli nutq soʻzlashni oʻrganmoqchimisiz?
✅ Unda ushbu loyiha aynan siz uchun❗️
🔰Endilikda har hafta Juma kuni institutimiz kutubxonasida «Kitobxonlar davrasi» oʻtkaziladi.
📚 Loyiha kitoblar jamlanmasi ⚡️“Zukko kitobxon” tanlovining navbatdagi oyi uchun belgilangan kitoblar boʻladi.
Loyihada siz:
1⃣ Har hafta bitta kitobni oʻqib tugatishingiz;
2⃣ Kitobsevarlar bilan munozaralar oʻtkazishingiz;
3⃣ «Zukko kitobxon» tanloviga tayyorlanishingiz;
4⃣ Notiqlik sanʼatini oʻrganishingiz mumkin.
📌Bizda birinchi hafta uchun tanlangan kitob:
©Abdulfattoh Abu Gʻuddaning «Ulamolar nazdida vaqtning qadri» kitobi 📖.

🔰Davramiz mehmoni:
Institutimiz Yoshlar bilan ishlash va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori Maxsutaliyev Abdusalom Xasanovich.
Loyihada qatnashish uchun 👉@Sanjarbek_Isomiddinov manzili orqali roʻyxatdan oʻting!
Loyiha kitoblarini “Mutolaa” mobil ilovasi orqali oʻqishingiz mumkin.

Havola ▶️  Android
Havola ▶️  IOS

✅»Zukko kitobxon» tanlovida ishtirok etish  uchun 👉 @kitobxontestbot orqali roʻyxatdan oʻting!