Institut yangiliklari

Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida bugun Paxtaobod tumani 26-umumiy oʻrta taʼlim maktabi bitiruvchilari mehmon boʻlishdi. Dastlab institutning oʻquv ishlari boʻyicha prorektori M. Atajanov suhbat oʻtkazdi. Oʻquvchilarga institutning taʼlim yoʻnalishlari, xalqaro aloqalar, talabalarning erishgan yutuqlari va buning uchun institutda yaratilgan sharoitlar haqida maʼlumotlar berdi.