Institut yangiliklari

Yoshlar oqshomi tadbiri talabalar uchun yaxshi kayfiyat onlarini ulashish maqsadiga qaratildi. Talabalar turar-joyida oʻtgan tadbirni institut masʼullari ochib berdi. Viloyatimizning yosh, isteʼdodli havaskor xonandalari goʻzal kuy qoʻshiqlar bilan barchaga xushnudlik ulashdilar.
Tadbir ko‘tarinkilikda o‘tdi. Talabalar sho‘x qo‘shiqlarga mos holda raqslarga tushishdi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari o‘rtasida qiziq viktorina o‘yinlari ham bo‘lib o‘tdi.