Institut yangiliklari

“Targʻibotchi kitobxon talaba”

Mazkur nom bilan 5-aprel kuni oʻtkazilgan tadbir Oʻsimliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti talaba yoshlari orasida kitobxonlikni targʻib qilish maqsadiga qaratildi. Fakultetning dekaning Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi M.Mirzoitova tomonidan tashkil etilgan tadbirga talabalar jalb qilindi. Aslida har birimiz kitobxon. Ilm mayogʻi hayot maktabidir biz uchun. Tadbir doirasida talabalar orasida maqollar va badiiy asarlar asosida viktorina oʻtkazildi. Bu ularning qay darajada kitobga qoʻygan mehrlarini namoyon etdi. Har bir yoshning auditoriyasi bor. Kitobxonlik targʻibotida ham tengdosh tengdoshga tamoyili har qachon ustun gʻoyadir. Ushbu tadbirda ham shu usuldan foydalanildi. Gʻoliblar va faol qatnashgan talabalar faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.