Institut yangiliklari

Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi professor oʻqituvchilari tomonidan talabalar oʻrtasida sport musobaqasi oʻtkazildi. Buxgalteriya hisobi va audit hamda Sugʻurta ishi taʼlim yoʻnalishlarining 1-bosqichdan 4-bosqichigacha boʻlgan talabalari bir-biriga qarshi yashil maydonda toʻp surdilar. Oʻyin daqiqalari qizgʻin bahslar bilan oʻtdi. Har bir jamoa oʻz gʻalabasi uchun harakat qilishdi.

Yakuniy natijalarga koʻra:
1-oʻrin Buxgalteriya hisobi va audit 4-bosqich;
2-oʻrin Buxgalteriya hisobi va audit 1-bosqich;
3-oʻrin Buxgalteriya hisobi va audit 3-bosqich talabalariga nasib etdi. G‘oliblar Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi tomonidan taqdirlandilar.