Institut yangiliklari

REKTOR TALABALAR BILAN NAVBATDAGI MULOQOTNI OʻTKAZDI

Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori Tohirjon Sultanov Oʻsimliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakultetining 4-bosqich talabalari bilan uchrashdi. Maqsad bitiruvchilar orasida ish bilan band boʻlmaganlarini sohalar kesimida ishga joylashtirish, keyingi taʼlim magistraturada oʻqish niyatidagilarni ilmiy ishlar olib borishga qaratishdan iborat boʻldi.

Maʼlumot uchun: Oʻsimliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakultetini 2023-2024 oʻquv yilida 3 ta taʼlim yoʻnalishida 188 nafar talaba tamomlaydi.

Suhbat jarayonida bitiruvchilardagi mavjud muammolar, hal etiladigan masalalar ham oʻrganildi. Ularni oʻrganish va qonun doirasida hal qilish boʻyicha fakultet masʼullari hamda prorektorlarga topshiriqlar berildi.