Institut yangiliklari

Suvchilar maktabi oʻquvchilari haftaning ikki kunida nazariy koʻnikmalar olishsa, bir kunni amaliyotga qaratishadi. Buning uchun esa institutning oʻquv tajriba xoʻjaligi resurs tejovchi texnologiyalar bilan taʼminlangan. Tinglovchilar mazkur xoʻjalikda amaliy darslarda qatnashishadi. Institut rektori T.Sultanov oʻquv tajriba xoʻjaligidagi mavjud suv tejovchi texnologiyalar bilan tanishtirib oʻtdi. Shuningdek, institut talabalari ham mazkur xoʻjalikda amaliy darslarda qatnashib, ish bilan ham band boʻlishadi. Tajribalar oʻtkazishadi. Tajriba xoʻjaligidagi sutni qayta ishlash mini sexida chorva hayvonlarining suti qayta ishlanadi. Institut brendi asosida sut va sut mahsulotlari tayyorlanadi. Mehmonlar shu jarayonlar bilan ham tanishib, mahsulotlarga baho berishdi.