Institut yangiliklari

Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalari instituti Axborot texnologiyalari va matematika kafedrasi oʻqituvchisi Sadoqat Akbarova tomonidan sayyor dars oʻtkazildi. Agrobiznes va raqamli iqtisodiyot fakulteti, Turizm yoʻnalishi 2-bosqich talabalari bilan Andijon shahrida joylashgan «Raqamli shahar» faoliyatini oʻrgandilar. Jarayon talabalar uchun ancha qiziq boʻldi. Sababi, IT sohada ish olib borayotgan tengdoshlari bilan suhbat olib borishdi. Bu yoʻnalishda yaratilayotgan yangi dasturlar haqida maʼlumotlar olishdi.