Institut yangiliklari

Bugun xotin-qizlarning davlat boshqaruvi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-akademik va madaniy-gumanitar sohalardagi faol ishtirokini taʼminlash har qachongidanda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar Akademiyasi hududiy lider qizlari tashabbusi bilan respublikamizdagi innovatsion sohalarda faoliyat yuritayotgan ayol-qizlarni bir joyga jamlash, tajriba almashish, faoliyatini yangi bosqichga ko’tarish hamda qo’llab-quvvatlash maqsadida Andijon viloyatida offline-online shaklda  «Academic girls» loyihasi faoliyati yo’lga qo’yilmoqda.
Loyihaning asosiy vazifasi ilm-fan, innovatsiya sohasidagi loyihalarda qizlarning ishtirokini ta’minlash, g’oya va tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash, qizlarni bepul biznes inkubator darslariga jalb etish va asosiysi, viloyatlardagi innovator, startupchi qizlar bilan o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yishdan iborat.
Batafsil ma’lumot va guruhga qo’shilish: https://t.me/+MzgvnfdRTlMyMGVi

@Yoshlar_akademiyasi_Andijon