Institut yangiliklari

Har bir tashkilot rahbari oʻzlarining yoʻnalishlaridan kelib chiqib, talabalar bilan shartnomalar imzoladilar.
Jumladan, viloyat suv xoʻjaligi boshqarmasiga 5 nafar, oʻsimliklar karantini boshqarmasi va tumanlardagi boʻlimlariga 61 nafar, veterinariya boshqarmasiga 26 nafar, gʻoʻza urugʻchiligi birlashmasiga 8 nafar, viloyat oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasiga 3 nafar talabalar ishga joylashdilar. Yangi ish boshlana qishloq xoʻjaligi xizmat koʻrsatish agentligiga 13 nafar, viloyatdagi agroklasterlarning 42 nafar boʻsh ish oʻrinlarga ham talabgorlardan saralab olindi. Qolgan 21 nafar talabalardan 14 nafariga tadbirkorlik qilishlari uchun tijorat banklaridan imtiyozli kreditlar olish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatildi. 7 nafar talabalar esa xalqaro sertifikatlarga ega boʻlganligi sababli oʻqishlarini magistratura mutaxassisligida davom ettiradigan boʻldi.
Talabalarni ishga joylashtirish jarayonlari belgilangan reja asosida davom ettirilmoqda.