Institut yangiliklari

Fulbright Visiting Scholar Program: AQSHda 1 semestrgacha amaliyot oʻtash yoki tadqiqot olib borish uchun toʻliq grant!
Kimlar qatnasha oladi?
– PhD darajasiga ega OTM oʻqituvchilari;
– Tadqiqotchilar;
– 10 yillik tajribaga ega tahlil markazlari, tegishli hukumat va nohukumat tashkilotlari xodimlari.
Nomzodlardan ingliz tilini yetarli darajada bilish talab etiladi (til sertifikati shart emas).
Iqtisodiy imtiyozlari:
– AQSHga borish va kelish uchun aviachipta.
– AQSHda yashash va faoliyat olib borish uchun toʻliq moliyaviy yordam.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Kasbiy va madaniy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati.
Arizalar 2024-yil 16-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumotlar Xalqaro hamkorlik bo’limi tomonida beriladi.