Institut yangiliklari

Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida talaba-yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikni oldini olish chora- tadbirlari boʻyicha uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tadbirni ochib bergan institut rektori T. Sultanov bugungi kunda yoshlarga yaratilgan keng imkoniyatlar va undan oqilona foydalanish zarurligini qat’iy ta’kidlab oʻtdi.
Soʻng, tuman prokurori, polkovnik D. Joʻrayev yoshlarning turli noqonuniy yoʻllarga kirib qolishining oqibatlari, bugungi kunda yoshlar oʻrtasida sodir etilayotgan jinoyatlarning turlari, omillari va ularni sog’lom hayotga qaytarish chora-tadbirlari haqida soʻz yuritdi.
Tuman hokimining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.Xontoʻrayev yoshlarning huquq va imtiyozlari borasida oʻzining qimmatli ma’lumotlarini ulashdi.
✅ Talabalar oʻzlari uchun kerakli xulosalarga ega boʻldilar.