Institut yangiliklari

“Men donorman” qon topshirish xayriya aksiyasida ishtirok etish orqali ko‘plab insonlar hayotini saqlab qolish imkoniyatiga egasiz!
📆 Qon topshirish aksiyasi shu yilning 10-sentyabr kuni, Andijon viloyati qon quyish stansiyasida o‘tkaziladi.
🅾️ Xayriya qon topshirish aksiyasida ixtiyoriy 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar (professor-o’qituvchilar, yoshlar, harbiy xizmatchilar, talabalar, davlat xizmatchilari, ko‘ngillilar va keng jamoatchilik vakillari) donor sifatida ishtirok etishlari mumkin.
✅ Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 423-sonli buyrug‘iga asosan Donorlikka qabul qilish tartibi quyidagicha:
18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan;
Vazni 60 kg.dan yuqori bo‘lgan;
Avval gepatit burusellyoz bilan og‘rimagan fuqarolar ishtirok etishi mumkin.