Institut yangiliklari

Talaba-yoshlarda Vatanparvarlikni yanada rivojlantirish maqsadida «Zamonamiz qahramoni» loyihasi doirasida tashkil etilayotgan ishlar “Agrobiznes va raqamli iqtisodiyot” hamda “Oʻsimliklar himoyasi va agrokimyo” fakultetlarida ham keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda.
Ushbu reja asosida institutga Andijon garnizoni boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik A.D.Toshmatov hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi Harbiy bo‘lim boshlig‘i, podpolkovnik B.I.Abduholiqovlar tashrif buyurdilar.
Oʻz nutqlarida oʻzlarining qimmatli maslahatlari bilan birga, Vatanimiz tinchligi, osoyishtaligini ta’minlashdek sharafli ishlarni bajarishga bugunning yoshlarida tafakkur, matonat, jasorat kabi ezgu fazilatlar yetarli ekanligini ham taʼkidlab oʻtdilar.