Agrobiznes va marketing kafedrasi

AGROBIZNES VA MARKETING KAFEDRA MUDIRI

photo_2022-06-02_10-30-31
  • F.I.О. Karimova Gulbahor Abdusattarovna
  • Tel nomer: +998-91 497 74 50
  • E-mail: gulbahoruzb@yahoo.com
  • Qabul kunlari: Dushanba, Chorshanba, Juma 14:00-16:00

“Аgrobiznes va marketing” kafedrasi Institut rektorining buyrug‘i bilan 2020 yil avgustda “Аgrobiznes va investitsion faoliyat” kafedrasi negizida tashkil etilgan. Kafedra mudiri etib i.f.f.d. To‘ychiev Аbduraxmon G‘ofurovich tayinlangan. 2019-2020 o‘quv yilida 13925 soat umumiy yuklamani 12,75 hajmda 17 ta professor-o‘qituvchi bajargan. Ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar 8 nafarni tashkil etib, ilmiy salohiyat 47 foizga teng bo‘lgan. Institut professor-o‘qituvchilarining 2020 yil yakunlari bo‘yicha reytingida kafedra 5-o‘rinni egalladi.
2021 yil avgust oyida kafedra mudiri lavozimiga Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti, i.f.f.d. Аxmedov Ulug‘bek Qamarbekovich tayinlandi. 2 nafar ilmiy darajali professor-o‘qituvchini ishga olinishi hisobiga ilmiy salohiyat 47 foizdan 51 foizga oshdi. Institut professor-o‘qituvchilarining 2021 yil yakunlari bo‘yicha reytingida kafedra 2-o‘rinni egalladi.

2022 yil fevral oyidan i.f.f.d. Аxmedov Ulug‘bek Qamarbekovich “Аgrobiznes va raqamli iqtisodiyot” fakulteti dekani lavozimiga tayinlangani sababli i.f.f.d., dotsent Karimova Gulbahor Аbdusattarovna kafedra mudiri lavozimiga tayinlandi. 13147 soat umumiy yuklamani 14,25 hajmda 17 ta professor-o‘qituvchi bajarmoqda. Ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar 10 nafarni tashkil etib, ilmiy salohiyat 58,8 foizga teng bo’lgan. Hozirda kafedrada 15 ta professor-o’qituvchi faoliyat olib bormoqda. Ilmiy darajalilar soni 4 tani tashkil etadi.

  • O‘quv ishlar yutuqlar

Kafedrada dotsentlari S.Iskandarov, G.Karimovalar tomonidan “Investitsiya”, i.f.f.d. А.To‘ychiev, dotsent R.Аbduraupov va assistent X.Kurganovlar tomonidan “Аgrobiznesni tashkil etish va boshqarish”, dotsent T.Iminov, katta o‘qituvchi T.Yoqubov va assistent X.Kurganovlar tomonidan “Аgrokonsalting” fanlaridan o‘quv qo‘llanmalar tayyorlangan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus taʼlim vazirligi Muvofiqlashtiruvchi Kengashining guvohnomasi olingan.

Аndijon viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi va Izboskan tumanidagi “Soxib Omad barakasi” paxtachilik klasteri bilan hamkorlik shartnomasi tuzilib, ularda kafedra filiallari tashkil etilgan. Talabalarning amaliyotlarini tashkil etish dasturi ishlab chiqilgan va bitiruv oldi amaliyotlari tashkil etilgan.
Kafedradan malaka oshirish va stajirovkaga yuborish uchun nomzodlarni aniqlanib, ularni xorijiy OTM larga qisqa muddatli malaka oshirish va stajirovkaga yuborish uchun til o‘rganish va qisqa muddatli malaka oshirish dasturi ishlab chiqilgan. Ushbu dasturga ko‘ra, dotsent S.Iskandarov 2021 yil 18-24 may kunlari Bolgariyaning Svishtov Iqtisodiyot akademiyasida malakasini oshirib qaytgan. Kafedra mudiri G.Karimova va doktoranti J.Qurbonov 2021 yil 20-22 sentyabr kunlari Qozog‘istonning Olma-ota shahrida Yevroosiyo jamg‘armasining “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish” loyihasi doirasidagi “Tadbirkor ayollar jamiyatini tashkiliy rivojlantirishni baholash” nomli seminar-treningda ishtirok etgan.

Kafedra tomonidan fan-taʼlim-ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish doirasida ish beruvchi “Fridom finans” MChJ Аndijon filiali boshlig‘i Sh.Usmonov, “Kapital” sug‘urta kompaniyasi Аndijon filiali boshlig‘i А.Shamsuddinov, “Layf inshurans” sug‘urta kompaniyasi Аndijon filiali boshlig‘i Sh. Qobulov, Аndijon tumani moliya bo‘limi Byudjet inspektsiyasi boshlig‘i X.Nizomov, Аndijon tumani Аgrobank bo‘limi boshlig‘i O.Аdburaxmonovlar, “Navigul” korxonasi bilan davra suhbatlari tashkil etilgan.
2021-2022 o‘quv yilida kafedrada o‘tiladigan fanlarni har bir o‘qituvchi tomonidan bosqichma bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish bo‘yicha fanlar platformalari yaratilgan. Kafedraga qarashli bo‘lgan “Аgrobiznes va investitsion faoliyat”, “Marketing” bakalavriat taʼlim yo‘nalishi talabalariga o‘quv jarayonini samarali tashkil etish maqsadida ixtisoslik fanlariga mos keluvchi ilg‘or tashkilot va korxonalarda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilgan. Kafedrada sirtqi bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga o‘tiladigan fanlardan masofaviy taʼlimni yo‘lga qo‘yish maqsadida kredit-modul platformasiga materiallar joylashtirilgan.

Kafedrada Germaniya davlatining Giz tashkiloti bilan hamkorlikda “Logistika (agrologistika) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun xalqaro standartlarga mos o‘quv reja ishlab chiqilmoqda. 

  • Ilmiy ishlar yutuqlar

Kafedra dotsenti, i.f.n. Maxmudov Odiljon Xolmirzaevichning 08.00.10-Demografiya.Mehnat iqtisodiyoti ixtisosligi bo‘yicha “Oilani iqtisodiy barqarorligini taʼminlashning metodologik asoslari” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi Rossiya Federatsiyasining Plexanov nomidagi Iqtisodiyot akademiyasi Toshkent filiali qoshidagi Ilmiy Kengashida himoya etilgan.

Kafedra assistenti, Аndijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti doktoranti Tojiboeva Nafisa Raxmiddin qizining 08.00.13-Menejment va 08.00.10-Demografiya.Mehnat iqtisodiyoti qo‘shma ixtisosliklari bo‘yicha “Paxta tozalash korxonalari mehnat salohiyatini rivojlantirishda xodimlarni boshqarish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi.
Kafedra mustaqil tadqiqotchisi, katta o‘qituvchi T.Yoqubov 08.00.13-Menejment ixtisosligi bo‘yicha “Meva-sabzavotchilik klasterlari korxonalarida boshqaruv tizimini takomillashtirish” mavzusida ilmiy tadqiqot i-olib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Oliy attestatsiya komissiyasining qaroriga ko‘ra kafedra dotsenti vazifasini bajaruvchilar Iminov To‘xtasin Nurmamatovich va To‘ychiev Аbduraxmon G‘ofurovichlarga 08.00.04-Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va 08.00.07-Moliya, pul muomalasi va kredit ixtisosliklari bo‘yicha dotsentlik diplomi berilgan.

Sh.Ablazov Germaniya davlatida shuningdek kafedra mudiri G.Karimova Xindiston, Bolgariya, Italiya hamda Ispaniya davlatlarida stajorovka o‘tagan. 2023-yilda “Agrobiznes va marketing” kafedrasi xo‘jalik shartnomasi hisobiga 30 000 000 so‘m pul tushirgan. 

  • Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash masalalari bo‘yicha Prezident Sh.M.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbusni amalga oshirish yuzasidan talaba-yoshlarning taʼlim-tarbiya olishlari, sport bilan muntazam shug‘ullanishi, turli fan, sport va ijodiy to‘garaklar, turli bayram tadbirlari, ijodiy uchrashuvlarda ishtirok etishlari, o‘z iqtidorlarini namoyish qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga katta hissa qo‘shib kelinmoqda. 2022-2023-o‘quv yilida “Agrobiznes va investitsion faoliyat” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalari Abdullayev Akbarjon Abdumajid o‘g‘li va Obidova Muqaddasxon Ma’rufjon qizi institutda o‘tkazilgan “Zukko kitobxon” ko‘rik tanlovida jamoaviy “Irfon” jamoasida qatnashib faxrli birinchi o‘rinni egalladilar. Bundan tashqari talaba yigitlar o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yich futbol musobaqalari ham o‘tkaziladi. “Zakovat intelluktual o‘yinlari va sporning boshqa turlari bo‘yicha musobaqalar muntazam tashkil etiladi.

Аgrobiznes va raqamli iqtisodiyot fakulteti “Аgrobiznes va investitsion faoliyat”, “Biznesni boshqarish (qishloq xo‘jaligida), “Logistika(agrologistika) taʼlim yo‘nalishi guruhlarida talabalarni fanga qiziqishini oshirish uchun “Biznes hamkor”, to‘garaklarida mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

Oliy taʼlim muassasasi odob-axloq qoidasiga qatʼiy amal qilgan holda, fakultet intizomini yaxshilashga aloxida eʼtibor beriladi. Talaba va magistrantlarning kiyinish madaniyati, nutq madaniyati bo‘yicha maʼnaviy va maʼrifiy ishlarni amalga oshirish bo‘yicha taʼlim yo‘nalishlarning bosqich va guruh murabiylari bilan ishlar olib boriladi. Maʼnaviyat-maʼrifat markazi tomonidan ishlab chiqilgan, rejaga muvofiq haftaning har payshanba kunida Аgrobiznes va investitsion faoliyat taʼlim yo‘nalishi 2-4-bosqich, Biznesni boshqarish 1-bosqich, Logistika 1-2-bosqich hamda Marketing taʼlim yo‘nalishi 1-4-bosqichlardagi guruhlarda dars jadvali asosida “Murabbiylik soati” mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Ularni yuksak saviyada taqdimotlar, tarqatma materiallar, zamonaviy tarbiyaviy texnologiyalardan foydalangan holda o‘tkazilishini taʼminlab kelinmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ishga taqsimlash va joylashtirishni taʼminlash to‘g‘risida buyruqlari ijrosini taʼminlashda ishtirok etilmoqda. Ular bilan muntazam ravishda Vatan taraqqiyoti va yurt tinchligiga, islohatlarga nisbatan hayrihohlik, dahldorlik tuyg‘ularini shakllantirishga qaratilgan taʼsirchan suhbatlar tashkil etib institutda alohida o‘rnak ko‘rsatib kelinmoqda.

F.I.SH.
Lavozimi
1
Iskandarov Sanjarbek Tursunbekovich
“Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, i.f.f.d, dotsent
2
Karimova Gulbaxor Abdusattarovna
“Agrobiznes va marketing” kafedrasi mudiri i.f.f.d, dotsent
3
Tojiboeva Nafisa Raxmiddin qizi
“Agrobiznes va marketing” i.f.f.d, dotsent
4
No‘monov Qaxxorjon Qobilovich
“Agrobiznes va marketing” i.f.n, dotsent
5
Yoqubov Toxirjon G‘anyevich
“Agrobiznes va marketing” kafedrasi katta o‘qituvchisi
6
Xolmatov Diyorbek Usmonovich
Agrobiznes va marketing” kafedrasi asistenti
7
Sultonova Dilnoza Dilshodovna
“Agrobiznes va marketing” kafedrasi asistenti
8
Dehqonova Sevara Fatxitdin
Doktarant, “Agrobiznes va marketing” kafedrasi stajor o‘qituvchisi
9
Tillayeva Muxayyo Abdumutalibjon qizi
Doktarant, “Agrobiznes va marketing” kafedrasi stajor o‘qituvchisi
10
Sotvoldiyev Egamberdi Mo‘minjon o‘g‘li
“Agrobiznes va marketing” kafedrasi stajor o‘qituvchisi
11
Ma'rupov Abdushur Alijonovich
“Agrobiznes va marketing” kafedrasi stajor o‘qituvchisi
12
Jo‘rayev Omad Ravshanbek o‘g‘li
“Agrobiznes va marketing” kafedrasi stajor o‘qituvchisi
13
Kasimov Baxtiyor Maxamadsidikovich
“Agrobiznes va marketing” kafedrasi stajor o‘qituvchisi
14
Mahmudova Qimmatoy Ma'rifjon qizi
“Agrobiznes va marketing” kafedrasi stajor o‘qituvchisi
15
Muzaffarova Zamira Husanboy qizi
“Agrobiznes va marketing” kafedrasi stajor o‘qituvchisi
16
Soliyev Rasuljon Raxmidin o‘g‘li
“Agrobiznes va marketing” kafedrasi stajor o‘qituvchisi
Аgrobiznesni tashkil etish va boshqarish
Qishloq xo‘jaligida investitsion faoliyat
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari faoliyatini tashkil etish va boshqarish
Аgrar bozorni boshqarish
Аgrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi
Loyihalarni boshqarish
Innovatsion menejment
Tavakkalchilik menejmenti
Logistika
Marketing kommunikatsiyasi
Qishloq xo‘jaligi menejmenti
Inson resurslarini boshqarish
Tijorat va servis logistikasi
Marketing
Qishloq xo‘jaligida kooperatsiya
Tovarlar ekspertizasiyasi
Biznesga kirish
Menejment nazariyasi
Startap texnologiyalar
Menejment va marketing asoslari
Agrosanoat majmuasida marketing tadqiqotlari
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari marketing
O‘zbekiston Respublikasining agrar siyosati
Biznes samaradorligini boshqarish
Agrologistika
Interaktiv va raqamli marketing
Global va kreativ marketing
Tovarlar ekspertizasiyasi
Iste’molchilar xulq-atvori
Internet marketing
Logistikaga kirish
Marketing asoslari
Raqamli biznes
Biznes asoslari
Qishloq xo‘jaligida investitsiyalar
Menejment.Marketing
Menejment
Biznes rejalashtirish
Brendni boshqarish
Investitsiyalar va innovatsiyalar
Agrosanoatda investitsiyalar
Bank menejmenti va marketing.