Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi

ILMIY TADQIQOTLAR, INNOVATSIYALAR VA ILMIY-PEDAGOGIK
KADRLAR TAYYORLASH BOʼLIM BOSHLIG’I

I.Ortiqov
  • F.I.SH. Ortiqov Islom Ziyodulla o‘g‘li
  • Telefon raqami: +998 (91) 600-39-63
  • E-mail ortiqovi@inbox.ru
  • Qabul kunlari: Har ish kuni 14:00-16:00

Bo‘lim haqida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyuldagi “Аgrar taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4795-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Аndijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi sifatida qayta nomlanib faoliyat olib bormoqda.

Bo‘limning asosiy maqsadi: mamlakat ilm-fani taraqqiyotini yanada rivojlashtirish maqsadida Respublika iqtisodiyotini ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun imkoniyat yaratilib, ilmiy va ilmiy-pedogogik kadrlarni tayyorlash orqali Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti ilmiy salohiyatini yuksaltirishdan iborat.

Bo‘lim o‘z faoliyati davomida quyidagi vazifalarni bajaradi:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’limga oid Qonunlari, Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xatlari, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, institut buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo‘limlarda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
  2. bo‘limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
  3. bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
  4. bo‘lim maqsadidan kelib chiqib ta’lim muassasasida mutasaddi bo‘lgan bo‘g‘inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
  5. institut professor-o‘qituvchilari tomonidan kafedralarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish va ish yurituvchi hujjatlarning to‘g‘ri olib borilishini nazorat qilib borish;
  6. institutning ilmiy, innovatsion va nashriyot faoliyatini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish;
  7. institut professor-o‘qituvchilari, doktorant, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilarning ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tanlov va grantlar hamda davlat dasturlari doirasidagi innovotsion, amaliy, fundamental hamda start-up loyihalarida ishtirokini taʼminlash va nazorat qilish;
  8. stajyor-tadqiqotchi, tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarning doktorlik dissertatsiyasi mavzularini Respublika iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladigan fundamental va amaliy,  innovatsion loyihalar hamda xo‘jalik shartnomasi bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy loyihalar yo‘nalishlariga mos bo‘lishini ta’minlash;
  9. stajyor-tadqiqotchi, tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarni qabul qilish rejasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilangan buyruq asosida tuzish;
  10. stajyor-tadqiqotchi, tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarning yillik ish rejalari asosida attestatsiyadan o‘z vaqtida o‘tishlarini ta’minlash;
  11. professor-o‘qituvchilar, stajyor-tadqiqotchi, tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilar tomonidan ilmiy-tadqiqot va ilmiy-texnik ishlanmalarni bajarish va ularning natijalarini amaliyotga joriy etish ishlarida ko‘maklashish;
  12. yosh olimlar uchun ilmiy mavzulari bo‘yicha mo‘ljallangan ixtiro va patentlariga me’yoriy hujjatlar olishlari uchun sharoitlar yaratish;
  13. yosh olimlarni ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha chet el yetakchi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlari va ishlab chiqarish korxonalariga stajirovka va xizmat safariga yuborishni tashkil qilish;
  14. institut professor-o‘qituvchilari, doktorant, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilarning maqolalar, texislar chop ettirishdagi faolligini oshirish;
  15. taʼlim va fanning integratsion jarayonlarini kuchaytirish, ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida yetakchi ilmiy markazlar, tashkilotlar va korxonalar bilan ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hamda ilmni tijoratlashtirish;
  16. O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadbirlar, davra suhbatlari, seminarlar, simpoziumlar, xalqaro va milliy konferensiyalarni tashkil etish va o‘tkazish.

Ilmiy faoliyat: Institutda jami 310 nafar professor-o‘qituvchilar bo‘lib, shundan asosiy shtatda 297 nafari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan 15 nafari fan doktori, professorlar, 119 nafari fan nomzodlari va dotsentlar, 163 nafari katta o‘qituvchi va assistentlardir. Institutda ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar soni 134 nafar bo‘lib, ilmiy salohiyat 45,1 foizni tashkil etadi.
Institut Oliy ta’limdan keying ta’lim tizimida 20 ta ixtisosliklar bo‘yicha jami 101 nafar doktorant, tayanch doktorantlar va maqsadli izlanuvchilar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Hozirgi kun holatiga institutda 3 nafar doktorant (DSc), 96 nafar tayanch doktorant (PhD) va 2 nafar maqsadli tadqiqotchilar va 31 nafar mustaqil izlanuvchilar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
Shuningdek, institut huzurida 2 ta ixtisoslashgan Kengashlar, jumladan, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik, 06.01.01 – Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy daraja beruvchi PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01 raqamli ilmiy Kengash, bundan tashqari 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash hamda 05.07.02 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini ishlatish, tiklash va ta’mirlash ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy daraja beruvchi PhD.05/30.06.2021.T.126.02 raqamli ilmiy Kengashlar va 1 ta PhD 05.07.01 va 05.07.02 raqamli ixtisosliklar bo‘yicha seminar Kengashlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Kafedralarda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilardan 2023 yilda fan doktori (DSc) va falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilganlar soni jami 32 nafarni tashkil etdi. Shundan 2 nafari – fan doktori (DSc) va 30 nafari – falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.
Dissertatsiya ishlarini himoya qilganlar tarkibidan 2023 yilda 1 nafar doktorant – fan doktori (DSc) va 5 nafar tayanch doktorantlar – falsafa doktori (PhD)ni muddatidan oldin, 1 nafar tayanch doktorant va 14 nafar mustaqil izlanuvchilar – falsafa doktori (PhD)ni o‘z muddatida hamda 7 nafar mustaqil izlanuvchilar muddatidan keyin dissertatsiya ilmiy ishlarini himoya qildilar.
Institutda 2023 yil davomida jami 16 nafar professor-o‘qituvchilar ilmiy unvonlar oldi. Shundan 3 nafari professor va 13 nafari dotsentlar tashkil etadi.
Institutda 2023 yil davomida moliyaviy hajmi 3,1 mlrd.so‘mlik 3 ta innovatsion loyihalar bajarildi. Jumladan, moliyaviy hajmi 1,0 mlrd.so‘m  bo‘lgan IL-43-2105783 raqamli “O‘zbekiston sharoitida organomineral o‘g‘itlar va fiziologik faol moddalarni kompleks qo‘llash asosida kungaboqar va makkajo‘xori yetishtirishning ekologiyalashgan texnologiyalarini yaratish” mavzusidagi innovasion loyiha va moliyaviy hajmi 1,6 mlrd. so‘m bo‘lgan PZ-202012181 raqamli “O‘ta yuqori chastota (O‘YUCH) nurlar yordamida chigit yanchilmasiga ishlov berib yuqori gossipolli paxta moyi olish texnologiyasini yaratish” mavzusidagi innovasion loyiha hamda moliyaviy hajmi 500 mln. so‘m  bo‘lgan IL-47-21071162 raqamli “Sholi ko‘chatlarini ekuvchi mashinaning sanoat nushasini yaratish” mavzusidagi innovasion loyihalar amalga oshirildi.
Shuningdek, institutda 2023 yil davomida moliyaviy hajmi 86101 ming dollar bo‘lgan 2 ta xalqaro loyihalar bajarildi. Jumladan, BUZNET (B-learning Uzbekistan Veterinary Network) O‘zbekiston veterinariya tarmog‘ida uyg‘unlashgan ta’lim 5236 ming dollar va GIZ bilan hamkorlikda sutni qayta ishlash korxonasi 80865 ming dollar bo‘lgan xalqaro loyihalar bajarildi.
Yevropa Ittifoqining Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan “O‘zbekistonning qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish” mavzusida amalga oshirilgan loyiha bo‘yicha institutning Axborot maslahat markazida faoliyat ko‘rsatayotgan Chorvachilik komleksi sigirlari sutidan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga mo‘ljallangan “Sutni qayta ishlash korxonasi”da mahsulot turlarini ishlab chiqarish kengaytirildi.
Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan 2023 yil davomida moliyaviy qiymati 230 mln.so‘m bo‘lgan 2 ta Spin-OFF loyihalari bajarildi. Jumladan, “Issiqxonada ekologik toza sabzavotlar yetishtirishni yo‘lga qo‘yish” mavzusidagi moliyaviy hajmi 200,0 mln.so‘mlik loyiha va “Issiqxonalarda noyob va manzarali o‘simlik ko‘chatlarini yetishtirish” mavzusidagi moliyaviy hajmi 30 mln. so‘mlik loyihalar institutning Ilmiy innovasion ishlanmalarni tijoratlashtirish fondi mablag‘lari hisobidan  moliyalashtirildi va hozirgi kunda bajarilmoqda.

Ilmiy-uslubiy ishlar: 2023-yilda Xalqaro jurnallarda 500 ta, OАK eʼtirof etgan Respublika ilmiy jurnallarida 272 ta, Xalqaro anjumanlarda 375 ta, Respublika miqyosida o‘tkazilgan anjumanlar ilmiy to‘plamlarida 326 ta hamda Scopus bazasiga kiritilgan jurnallarda jami 51 ta ilmiy maqolalar chop etilgan.

F.I.Sh: Ortiqov Islom Ziyodulla o‘g‘li
Lavozimi: Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘lim boshlig‘i
Ilmiy darajasi: Biologiya fanlari falsafa doktori (PhD)
Telefon raqami: +998 (91) 600-39-63
Email: ortiqovi@inbox.ru
Qabul kunlari: Ish kunlari 14:00-16:00.

F.I.Sh: Xudoyberdiyeva Ma’mura Tolibjon qizi
Lavozimi: Ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha muhandis
Telefon raqami: +998 (93) 822-29-01.