Marketing va talabalar amaliyoti bo’limi

MARKETING VA TALABALAR AMALIYOTI BO’LIM BOSHLIG'I

12
  • F.I.SH Burxonov Zafarjon Dexqonboyevich
  • Telefon raqami +998 (90) 148-72-72
  • E-mail burhonovzafarjon@gmail.com
  • Qabul kunlari Dushanba, Chorshanba, Juma 15:00-16:00 Shanba kuni 10:00-14:00

Tashkil topgan yili: 2021 yil 11 avgust kunidan boshlab, bo’limning nomi Marketing va talabalar amaliyoti bo’limi deb yuritila boshladi.

Maqsadi: Iqtisodiy sohalar va ijtimoiy infrastrukturalarning malakali kadrlarga bo’lgan ehtiyojini o’rganish va ushbu ehtiyojni qondirish usullarini aniqlash. Bozor iqtisodiyoti sharoitida oliy o’quv yurtining raqobatbardoshligini oshirishga, moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini taminlashga va professor – o’qituvchilar, xodimlar tarkibining ijtimoiy himoyasini yaxshilashga yordam beradi.

Vazifasi: Qishloq xo’jaligi vazirligiga qarashli Farg’ona vodiysidagi barcha korxona, muassasa va tashkilotlarining institutda tayyorlanayotgan oliy malakali mutaxassislarga ehtiyojini o’rganish asosida ma’lumotlar bankini shakllantirish va davlat granti asosida bitirgan yosh mutaxassislardan respublikamiz iqtisodiyoti tarmoqlarida samarali foydalanish uchun imkoniyat yaratish va ularni ishga taqsimlash ishlari bo’yicha  faoliyat yuritish, tashkilot va korxona rahbarlari, ishlab chiqarish ilg’orlari, institut rahbariyati hamda professor-o’qituvchilari jalb etilgan holda bitiruvchilarni  o’z mutaxassisliklari bo’yicha ishga joylashtirish va ish joylarida ko’nikmalar hosil qilish uchun uslubiy yordamlar berib borishdan iboratdir.

Bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha bitiruvchilarga talab va takliflar nisbatini o’z ichiga olgan holda ishga taqsimlash ob’ektlari – ta’lim xizmatlari iste’molchilari (ish beruvchi korxonalar, turli mulkchilik shakliga ega bo’lgan tashkilotlar – davlat va mahalliy boshqaruv organlari, davlat va nodavlat tashkilotlari va h-k.) tuzilmasini baholash, geografik joylashishini aniqlash va guruhlash, potentsial imkoniyatlarini tashhis qilish orqali to’liq ma’lumotlar banki yaratildi. Bir qancha ta’lim xizmatlari iste’molchilari bilan uzoq muddatli hamkorlik shartnomalari imzolandi. Shu hamkorlik asosida bitiruvchilarimizni ishga taqsimlash va ularni ishga joylashtirish yo’lga qo’yildi. Har o’quv yilida 1000 nafardan ziyod talabalarimiz institutni bitirishadi. Bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashtirish uchun ish beruvchilar (iste’molchilar)ga axborotlar vositasida ta’sir ko’rsatish yo’llarini tanlash, ommaviy axborot vositalari (Andijonnoma, Qishloq hayoti kabi gazetalar) orqali bitiruvchilar to’g’risida (viloyatlar bo’yicha ta’lim yo’nalishlari, mutaxassisliklar kesimida) ma’lumotlar e’lon kilinishini, Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti veb-saytida joylashtirilishini, ma‘lumotlar nashr qilish va ularning istemolchilar (ish beruvchilar)ga etkazilishini taminlash, maqolalar matnlari tayyorlash orqali ko’plab bitiruvchilarimiz ish bilan ta’minlanmoqda.

F.I.O.
Lavozimi
Telefon raqami
Elektron pochtasi
1
Burxonov Zafarjon Dehqonboyevich
Bolim boshlig’i
+998901487272
burhonovzafarjon@gmail.com
2
Dadajonova Firuza
Bosh mutaxasis
+998999301751
Dadajonovafiruza@gmail.com
3
Abdulxafizov Xalilillo Abdug’ani o’g’li
Bosh mutaxasis
+998917574141
halililloabdulhafizov@gmail.com
4
Olimboyeva Shirminxon Abdumanob qizi
Marketolog
+998999740261
alibetotomsk@gmail.com