Xalqaro hamkorlik bo’limi

XALQARO HAMKORLIK BO’LIM BOSHLIG’I

O.Egamberdiyev
  • F.I.SH Egamberdiyev Oybek Raxmatqul o’g’li
  • Telefon raqami +998944315515 +998331170500
  • E-mail egamberdiyevoybek60@gmail.com
  • Qabul kunlari Seshanba, Juma 10:00-14:00

XALQARO HAMKORLIK BO‘LIMI NIZOMI

 I. Umumiy qoidalar

    • Xalqaro hamkorlik bo‘limi (keyingi o‘rinlarda bo‘lim deb ataladi) Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
    • Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at qarorlari va buyruqlariga, institut Kengashi qarorlari hamda Ustaviga, institut rektori buyruqlari va mazkur Nizomga amal qiladi.
    • Bo‘lim institut va uning tarkibiy bo‘linmalari, professor- o‘qituvchilari, xodimlarining xorijiy davlatlar, shu jumladan xorijiy oliy ta’lim muassasalari, markazlari bilan hamkorlik faoliyatini
    • Institutning xalqaro aloqalarini shakllantirish, rivojlantirish va strategiyasini belgilash ishlarini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish maqsadida institut rektori raisligida xalqaro aloqalar Kengashi
    • Institutning xalqaro hamkorlik Kengashi tarkibi, vazifa va funksiyalari hamda huquq va majburiyatlari alohida Nizomga muvofiq tartibga solinadi.
    • Bo‘lim o‘z faoliyatini amalga oshirishda institutning barcha tarkibiy bo‘linmalari, fakultetlari, kafedralari hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalari va markazlari bilan o‘zaro hamkorlik

II. Bo‘limning vazifalari va funksiyalari

  • Bo‘lim quyidagi vazifalarni bajaradi:
    • Institutning xorijiy davlatlar ta’lim muassasalari hamda ta’lim markazlari bilan imzolangan bitimlari asosida xalqaro hamkorlik strategiyasini ishlab chiqadi va asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;
    • Institutning xalqaro hamkorlik Kengashi va uning raisiga xalqaro aloqalarni rivojlantirish va takomillashtirish yuzasidan tegishli takliflarni beradi;
    • Xorijiy ta’lim muassasalari, markazlari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan institutning hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalari loyihalarini ishlab chiqadi va ularni rasmiylashtirish yuzasidan tavsiyalar beradi;
    • Xorijiy davlatlarda ta’lim olish, malaka oshirish yoki ilmiy- tadqiqot ishlarini olib borish, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi, shuningdek boshqa nodavlat tashkilotlari tanlovlariga nomzodlar ro‘yxatini institut rahbariyatiga ko‘rib chiqish uchun tavsiya etadi;
    • Institut fakultet, kafedra va bo‘linmalarining xorijiy davlat hamda nodavlat va xalqaro tashkilotlar tomonidan taklif qilingan o‘kuv- uslubiy dasturlarni mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlarini hisobga olib, amaliyotga joriy etish va ilmiy- tadqiqotlarni amalga oshirishga qaratilgan loyihalarda qatnashish yuzasidan umumiy faoliyatini muvofiqlashtiradi;
    • Xorijiy hamkorlar bilan ta’lim loyihalarni amalga oshirish borasida institut fakultet, kafedra va bo‘linmalariga yordam beradi;
    • Xorijiy davlatlar olimlari, professor-o‘qituvchilari va mutaxassislarini institut ta’lim jarayoniga jalb etish hamda hamkorlikda o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarni olib borishiga ko‘maklashadi;
    • Institut professor-o‘qituvchilarining xorijiy xizmat safarlari yuzasidan hisobotlarni umumlashtiradi va institut Kengashi muhokamasiga taqdim etadi;
    • Xorijiy safarlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil
      05 martdagi “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi PQ-2142-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 06 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 24-sonli Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli xatlari asosida amalga oshiriladi;
    • Xalqaro hamkorlikning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyatni tashkil etish yuzasidan takliflar kiritadi va amalga oshiradi.
  • Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi funksiyalarni bajaradi:
    • Institutning xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ta’lim markazlari bilan xalqaro hamkorligini o‘rnatilishida ishtirok etadi;
    • Institut professor-o‘qituvchilarining xorijiy davlatlar ta’lim muassasalari, markazlari, jamg‘armalari, jumladan xalqaro tashkilot va jamg‘armalar tomonidan e’lon qilingan tanlovlarda ishtirok etishlarida yordam beradi;
    • Institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, talabalarining xorijiy davlatlar ta’lim muassasalari, markazlarida malaka oshirishlari, o‘quv kurslarida qatnashishlarini ta’minlash uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
    • Institutga tashrif buyurgan xorijiy davlatlar vakillari, professor-o‘qituvchilari va talabalar bilan davra suhbatlari va uchrashuvlarini tashkil etadi;
    • Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.

 III. Bo‘limning huquq va majburiyatlari

  • Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
    • Institut Kengashida ko‘rib chiqiladigan hamda institut va xorijiy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni samarali yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar hamda ma’lumotlarni institutning fakultetlari, kafedralari, boshqa tarkibiy bo‘linmalari hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va so‘rash;
    • Xorijiy hamkorlar bilan ikki va ko‘p tomonlama memorandum hamda shartnomalarni rasmiylashtirish uchun zarur bo‘ladigan hujjat hamda ma’lumotlarni yig‘ish;
    • Institut professor-o‘qituvchilari va talabalarini xorijiy ta’lim muassasalari va markazlarida o‘qish, malaka oshirish, stajirovka o‘tash, ilmiy izlanishlar olib borish va hamkorlikda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarni tashkil etish yuzasidan tavsiya berish va takliflar kiritish;
    • Xorijiy ta’lim muassasalari va markazlarida ta’lim olish yoki malaka oshirish uchun yuboriladigan nomzodlar ro‘yxatini institutning xalqaro aloqalar Kengashi muhokamasiga tavsiya qilish;
    • Institut va xorijiy davlat ta’lim muassasalari o‘rtasida imzolangan shartnoma, memorandumlar doirasida hamda boshqa xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha xorijiy safarda bo‘lib kelgan xodimlar, professor-o‘qituvchilar va talabalardan o‘rnatilgan tartibda hisobotlar taqdim etilishini talab qilish;
    • Qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
  • Bo‘limning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
    • Institut va xorijiy ta’lim muassasalari, markazlari o‘rtasida tuzilgan shartnoma va memorandum shartlari bajarilishini ta’minlash;
    • O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga o‘rnatilgan tartibda institutning xalqaro aloqalari bilan bog‘liq hisobot va boshqa ma’lumotlarni taqdim etish;
    • Xorijiy ta’lim muassasalari, markazlarida malaka oshirgan yoxud o‘quv kurslari, seminarlarida ishtirok etgan institut xodimlari, professor-o‘qituvchilarining tegishli hisobotlarini institut Kengashi muhokamasiga kiritish;
    • Xorijiy ta’lim muassasalari, markazlarining takliflariga muvofiq chet el safariga chiquvchi institut xodimlari, professor-o‘qituvchilariga hujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘mak berish;
    • Institut va uning tarkibiy bo‘linmalarining xalqaro aloqalariga oid ma’lumotlarni institut rahbariyatiga tezkorlik bilan taqdim etib borish;
    • Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.

  IV.Bo‘lim shtatlar tarkibi

  • Bo‘lim boshlig‘i – 1;
  • Uslubchi – 1.

V.Bo‘limni boshqarish

  • Bo‘limni boshqarish mehnat shartnomasiga asosan institut rektorining buyrug‘i bilan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Bo‘lim boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi.
  • Bo‘lim boshlig‘i lavozimida oliy ma’lumotga ega va biror-bir xorijiy tilni mukammal biladigan shaxs ishlashi mumkin.
  • Boshliq Bo‘lim faoliyatiga rahbarlik qiladi va uning nomidan ish
  • Yuritiladigan barcha hujjatlar Bo‘lim boshlig‘i hamda institut rektori yoki uning topshirig‘iga muvofiq tegishli prorektor tomonidan shaxsan imzolanadi va institut muhri bilan tasdiqlanadi.
  • Bo‘lim boshlig‘i o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

VI. Bo‘lim faoliyatini tashkil etish

  • Bo‘lim ishlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, institut rektori, tegishli prorektorlar topshiriqlariga muvofik, shuningdek institutning tegishli ish rejalari, Bo‘lim ish rejalari, boshliq va uslubchining shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
  • Bo‘limning ish rejasi institutning tegishli ish rejalari va Bo‘lim zimmasiga yuklangan vazifalar asosida shakllantiriladi.
  • Bo‘limning ish rejasi va bo‘lim boshlig‘ining shaxsiy ish rejasi institut rektori yoki uning topshirig‘iga muvofiq tegishli prorektor tomonidan tasdiqlanadi.
  • Bo‘lim uslubchisining shaxsiy ish rejasi bo‘lim boshlig‘i bilan kelishiladi hamda tegishli prorektor tomonidan tasdiqlanadi.
  • Bo‘limning O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’at qarorlari, buyruqlari, institut Kengashi qarorlari va rektor buyruqlari, topshiriqlari, prorektorlarning topshiriqlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini ta’minlash bo‘yicha faoliyati tegishli ish rejalarga muvofiq kompleks o‘rganishlarni o‘tkazish yo‘li bilan, shuningdek institut Kengashi va rektor rahbarligida o‘tkaziladigan majlislarda hisobotlarni eshitish orqali tashkil etiladi.

VII. Bo‘limning tugatilishi

Bo‘limning tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi rektorning buyrug‘iga asosan amalga oshiriladi.