Agroinjeneriya va Gidromelioratsiya fakulteti

FAKULTET DEKANI

fakultet
  • F I O Tursunov Xayrullo Odiljonovich
  • Telefon raqami +998 99 997 26 76
  • E-mail xayrullotursunov@mail.ru
  • Qabul kunlari Seshanba, Juma soat 10:00-14:00 gacha

“Agroinjeneriya va gidromelioratsiya” fakultetining tarixi institutning tarixi bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, fakultet 1960-yildan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti filiali sifatida Andijon shahrida faoliyat ko‘rsata boshlagan. 1964-yilda filial negizida Andijon paxtachilik instituti tashkil topganda uning tarkibida «Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash» va «Gidromelioratsiya» fakultetlari bo‘lgan.

1997-yilning sentyabr oyidan ikkala fakultetlar birlashtirilib, unga «Agroinjeneriya» nomi berildi. 2004 yildan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan, «Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash» fakultetiga, filialdan mustaqil institutga aylantirilganidan so‘ng Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020-yil 29-avgustidagi 135-sonli buyrug‘iga binoan “Agroinjeneriya va gidromeloratsiya” fakulteti tashkil etilib, faoliyat olib bormoqda.

Shu kunga qadar fakultetga N.Sablikov, A.Abrosimov, Z.Nosirov, U.Karimov, X.Usmonov, T.Nasridinov, K.Ulug’xo’jayev, T.Igamberdiyev, O.Abduvohidov, S.Po’latov, D.Qodirov, I.Mirzaev, A.Xakimov, K.Qosimov, A.Azizov, N.Samatov, B.Tursunov, R.Abdiraxmonov, A.Xamraqulov, D.Abdullaev, A.Xudoyarovlar dekanlik lavozimida faoliyat olib borganlar.

“Agroinjeneriya va gidromeloratsiya” fakultetining shakllanishi va rivojlanishiga turli yillarda mehnat qilgan dekanlardan tashqari, professor T.S.Xudoyberdiyev, dotsentlar A.Sattarov, Sh.Qurbonov, N.Mavlonov, A.Abdullaev, G.Raxmonov, K.Aliyev, A.Datxaboyev, T.Abduraximov, A.Dadaxodjaev, Z.Turg’unov, B.Baltaboyev, A.Saidov, katta o‘qituvchilar A.Yusupov, A.Dolimboyev, K.Asqarov, O.S.Sodikov, N.R.Raimjonov, A.Xojimatov, M.Juraev, M.Mamajonov, A.Sultonov, A.Abdurasulov, K.Xolmatov, X.Siddikov, A.Maxmudov, K.Otaboyev, G‘.Ashurov, R.Maxkamov, D.Saidxo’jaeva, A.Isashov va boshqa ko‘plab professor-o‘qituvchilar munosib hissa qo‘shdilar.

Shu kungacha fakultetni bitirgan 20 mingdan ortiq yuqori malakali  mutaxassislar Respublikamizning barcha viloyatlarida va bir necha xorijiy davlatlarda qishloq va suv xo’jaligi sohalarida hamda turli tashkilotlarda yetakchi va rahbar lavozimlarida xizmat qilib, Vatanimizning yuksalishiga munosib hissa qo’shib kelmoqdalar.

Fakultet jamoasiga 2020 yildan boshlab dekan lavozimida qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, dotsent Tursunov Xayrullox Odiljonovich rahbarlik qilmoqda. Bugungi kunda fakultetda quyidagi ta’lim yo‘nalishlarda 600 dan ziyod talabalar bakalavriyat va magistratura mutaxassisliklarida quyidagi ta’lim yo‘nalishlarida bilim olmoqdalar:

  • Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish;
  • Professional ta’lim (qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish);
  • Suv xo‘jaligi va melioratsiya;
  • Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti;
  • Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish;
  • Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish;
  • Qishloq va suv xo’jaligida texnik servis;
  • Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish.

Fakultetda bugungi kunda 4 ta kafedra mavjud:

  • Qishloq xo‘jalik mashinalari va texnik servisni tashkil etish;
  • Gidrotexnika va meliorativ inshootlar;
  • Elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish;
  • Xorijiy tillar.

Fakultet tarkibidagi kafedralarda 92 nafar professor-o’qituvchilar talabalarga bilim va tarbiya bermoqdalar. Ularning 4 nafari fan doktori, professorlar, 30 nafardan ortig‘i fan nomzodlari, dotsentlardir. Barcha kafedralardagi o‘quv xonalari, ayniqsa ixtisoslik fanlari o‘qitiladigan auditoriyalari, shuningdek tajriba va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan xonalar zamonaviy kompyuter texnikalari va laboratoriya jihozlari bilan ta’minlangan.

Talabalarning fan dasturlari bo‘yicha olayotgan bilimlarini mustaxkamlash uchun ularning o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari eng maqbul muddatlarga rejalashtirilgan bo‘lib, ular ilg‘or fermer xo’jaliklarida, “Agromashservis” birlashmasining mashina-traktor parklarida, Andijon viloyatining mashinasozlik zavodlarida, suv xo‘jaligi va melioratsiya sohasidagi loyihalash-qidiruv tashkilotlarida o‘tkazilmoqda. Kasb ta’limi yo‘nalishi talabalari esa amaliyotlarini kasb-hunar kollejlarida o‘tamoqdalar.

Fakultetda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy  ishlar Ma’naviyat Kengashi, Xotin-qizlar masalalari kengashi, Yoshlar ittifoqi fakultet boshlang‘ich tashkiloti, Fakultet matbuot xizmatlari boshchiligida olib boriladi. Fakultet talaba yoshlari orasida sportni ommalashtirishga erishish, iqtidorli sportchilarni aniqlash va tarbiyalash, ularga kengroq sharoit yaratish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Natijada talabalar orasida Respublika va xalqaro miqyosida o‘tkazilayotgan musobaqalarda ishtirok etib, ular katta muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar.

Iqtidorli talabalar bilan olib borilayotgan ishlar natijasida fakultet talabalaridan Ulug‘bek va Beruniy nomidagi Davlat stipendiyatlari hamda Respublika, viloyat, oliy ta’lim muassasalari va institut miqyosida o‘tkazilayotgan tanlovlarida g‘olib bo’ldilar. Shuningdek, ko‘plab iqtidorli talabalar chet el mamlakatlarida malakaviy amaliyot o‘tab kelmoqdalar.

Fakultet professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasining oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tekshirish institutlari bilan hamda Buyuk Britaniya (Shotlandiya), Italiya, Belgiya, Gollandiya, Germaniya, Kanada, Koreya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi davlatlarning o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

Fakultet professor-o‘qituvchilari Respublikamizning yetakchi oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tekshirish institutlarida hamda yuqorida zikr etilgan xorijiy davlatlarning  o‘quv yurtlarida o‘z malakasini oshirib qaytib vatanimiz ravnaqiga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Yo‘ldoshev Raximjon Rafuqjon o‘g‘li, t.f.f.d (PhD)
Telefon: +998 88 375-37-37
E-mail: rahimjony@inbox.ru

O‘quv ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Xudoynazarov Dilshodbek Otabek o‘g‘li
Telefon: +998 93 429-72-72
E-mail: dilshodbek79_79@mail.ru

O‘quv ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Sheraliyev Ravshanbek Maxammadisaq o‘g‘li
Telefon: +998 99 085-06-35
E-mail: tel5630635@gmail.com

Mamatqulov Olimjon Turgunbayevich
Telefon: +998 88 454-71-01
E-mail: omamatqulov19@gmail.com
Biriktirilgan ta’lim yo‘nalishi, bosqish va guruhi:
60711400-Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish 1-bosqich 1-103 guruh
60810500-Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti  1-bosqich 1-105 guruh
60810100-Professional ta’lim (QXM) 1-bosqich 1-50 guruh
60812300-Suv xo‘jaligi va melioratsiya 2-bosqich 2-51, 2-52 guruhlar
60810300-Qishloq va suv xo‘jaligida texnik servis 2-bosqich 2-45 guruhlar.

Mamadiyeva Xurshida Abdurasulovna
Telefon: +998 91 484-10-02
E-mail: mamadiyevaxurwida@gmail.com
Biriktirilgan ta’lim yo‘nalishi, bosqish va guruhi:
60812300-Suv xo’jaligi va melioratsiya 1-bosqich 1-51 guruh
60810300-Qishloq va suv xo’jaligida texnik servis 1-bosqich 1-45 guruh
60812500-Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish 1-bosqich 1-58 guruh
60812400-Suv xo’jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish 1-bosqich 1-55 guruh
60810100-Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash 1-bosqich  1-47, 1-48 guruhlar.

Rasulov Shoxruxbek Sharifboyevich
Telefon: +998 97 472-24-24
E-mail: shoxrox.rasulov1215@gmail.com 
Biriktirilgan ta’lim yo‘nalishi, bosqish va guruhi:
60711400-Texnalogik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish 2-bosqich 2-103 guruh
60810500-Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti 2-bosqich 2-105 guruh
60812500-Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish 2-bosqich 2-58 guruh
60812400-Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish 2-bosqich 2-55 guruh
60810100-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash 2-bosqich  2-47, 2-48 guruhlar.

Mamatov Izzatillo  Xasanboy o‘g‘li
Telefon: +998 99 055-78-87
E-mail: mamatovizzatillo4@gmail.com
Biriktirilgan ta’lim yo‘nalishi, bosqish va guruhi:
60812300-Suv xo‘jaligi melioratsiyasi 3-bosqich 3-51, 3-52 guruhlar
60711400-Texnalogik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish 3-bosqich 3-103 guruh
60810500-Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti 3 bosqich 3-105 guruh
60810300-Qishloq va suv xo‘jaligida texnik servis 3 bosqich 3-45 guruhlar.