Institut yangiliklari

Fermerlar_maktabi👩‍🌾👨‍🌾

Fermerlar maktabi Аndijon qishloq xoʼjaligi va agrotexnologiyalar institutida ochildi.

Аgrobank homiyligida Respublikamizning xududlarida tashkil etilgan “Fermerlar maktabi” qishloq xoʼjaligida muhim vazifalarning yechimiga qaratilgan istiqbolli loyiha hisoblanadi.

Qishloq xoʼjaligiga yoʼnaltirilgan oliy taʼlim muassalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Fermerlar maktabi”da yoshlarni qishloq xoʼjaligi sohasidagi bilim va koʼnikmalarini yangicha uslub va tamoyillar asosida shakllantirish yoʼlga qoʼyiladi.

Hamkor OTM va АndQXАI rektori Komiljon Sobirovich Komilov poytaxtimiz Toshkent shahrida oʼtkazilgan maktabning ochilish marosimida qatnashdi.

Endilikda, oʼquv jarayoni zamonaviy bilim va koʼnikmaga asoslangan ilgʼor fan-texnika yutuqlari asosida ishlab chiqilgan dasturlar va oʼquv rejalarga muvofiq olib boriladi.

Fermerlar maktabida tinglovchilar ilgʼor fan texnika yutuqlari, zamonaviy texnologiyalar bilan mukammal tanishtiriladi.

Ularning bilimlarini oshirish maqsadida Аndijon qishloq xoʼjaligi va agrotexnologiyalar institutining meva-sabzavot, don va dukkakli ekinlarni yetishtirish, baliqchilik, chorvachilik sohalari boʼyicha yetuk olimlar, yuqori salohiyatli va katta tajribaga ega boʼlgan professor-oʼqituvchilar jalb etiladi.

Poytaxtimizdan videoaloqa shaklida hududlarga bogʼlangan holda oʼtgan marosimda institut rektori K.S. Komilov soʼz olib qator imkoniyatlarni oʼz ichiga olgan Fermerlar maktabi faoliyat boʼyicha soʼz yuritdi.