Institut yangiliklari

Аndijon qishloq xoʼjaligi va agrotexnologiyalar institutining sport zali sportning koʼplab yoʼnalishlari bilan shugʼullanishga moslashtirilgan. Institut talabalari bilan bir qatorda, oliygohga biriktirilgan mahalla yoshlari toʼgaraklarga bepul qatnashib kelishmoqda. Mahalla polvonlari orasidan milliy kurash sportiga chiziquvchilar koʼpligi sabab reja jadval asosida yigitlarga mashgʼulotlar oʼtib kelinmoqda. Аndijon tumani «Yuksalish» MFY xududida istiqomat qiluvchi yoshlarning ham kurashga boʼlgan talabi yuqori. Ular sport ustasi, institut murabbiyi Hayotbek Mirzakarimov rahbarligida kurashning sir-sinoatlarini oʼrganib, jismonan chiniqtirish mashqlarida faol boʼlishmoqda. Mahalla yoshlari uchun hech qanday toʼlovlarsiz toʼgaraklarni oʼtishga Аndijon qishloq xoʼjaligi va agrotexnologiyalar institutining eshiklari doimo ochiq.