Institut yangiliklari

Аyni damda Prezidentimiz raisligida oliy taʼlim tizimidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʼishlangan videoselektor yigʼilishi boʼlib oʼtmoqda.

▪️Oʼtgan 3 yilda Oʼzbekistonda oliy oʼquv yurtlari soni 65 tadan 117 taga koʼpaydi, qabul 3 barobarga ortdi (66 mingtadan 181 mingtaga). OTMlarga 2017 yilda 729 mingta hujjat topshirilgan boʼlsa, oʼtgan yili bu koʼrsatkich 1,5 millionga yetdi.

✔️Hozirgi kunda 26 ta xorijiy oliygohlar filiallari tashkil etilib, 100 tadan ortiq yetakchi oliygohlar bilan qoʼshma taʼlim dasturlari doirasida 64 ta mutaxassislik boʼyicha bakalavr va magistrlar tayyorlanmoqda.

Professor-oʼqituvchilarning maoshi oʼrtacha 3,5 barobarga oshirildi (3 million soʼmdan 10 million soʼmgacha).

🔘 Yigʼilishda OTM rahbarlari uchun bundan keyingi faoliyatlarida oliy taʼlim tizimini yaxshilash boʼyicha
4 ustuvor vazifa belgilab berildi:

➖ oliygohlar kengashlarining boshqaruvdagi rolini oshirish va kafedralar vakolatlarini kengaytirish;

➖ taʼlim berish jarayonini bozor talablariga moslashtirib, ishlab chiqarish bilan uzviyligini taʼminlash va talabaning oʼzini ustida ishlashi uchun muhit va sharoitni yaratish;

➖ oliygohlar ilmiy salohiyatini oshirish, ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish;

➖ professor oʼqituvchilar va talabalar uchun qogʼozbozlikni kamaytirish, sohani raqamlashtirish orqali byurokratiya va korruptsiyani keskin qisqartirish.
〰️〰️〰️〰️