Institut yangiliklari

Yoshlikning bebaho davrlari boʼlgan talabalik yillarini qiziq oʼtkazish va imkoniyatlardan oqilona foydalanish oʼz harakatlarimizga bogʼliq. Аnʼanamizga sodiq qolgan holda talabalar oʼrtasida «Talabalar qasamyodi»ni oʼtkazish boshlandi.

Joriy yilda talabalarimiz safiga qoʼshilgan yoshlarni qoʼllab-quvvatlash, oʼquv va tashkiliy jarayonlarga moslashuvini taʼmishlash, doʼstlar orttirish va ularda talabalik baxtiga erishganligi bilan faxr tuygʼusini uygʼotish maqsadini ushba tanlov oʼz ichiga qamrab oldi. Qasamyodning ilk kunini Аgrobiologiya fakulteti talabalari boshlab berishdi.

Institut rektor K.S.Komilov soʼz olib, yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga koʼtarilganining oʼziyoq oʼgʼil-qizga berilgan katta imkoniyatning bir koʼrinishi ekanini alohida taʼkidladi. Qasamyodda ishtirok etuvchilarning barchasiga omad tiladi.

Shuning bilan Talabalar qasamyodiga start berildi. Ishtirokchilar nizomga koʼra oʼyin qoidadariga amal qilgan holda 3 ta shartlarda chiqishlarini havola etishdi. Talabalarni vatanparvarlik, insoniylik, tinchlik, doʼstlik, goʼzallik va ezgulikka chorlovchi gʼoyalar singdirilgan chiqishlari, satirik va yumoristik, badiiy-teatrlashtirilgan sahnaviy koʼrinishlari namoyishi kuzatuvchilarda katta taassurot qoldirdi. Hayajonli onlar yaqin. Yoshlar «Talabalik qasamyodi»ni qabul qilishdi.